Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


II BOB. O‘zbekistonda chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari


Download 388.43 Kb.
bet6/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazit (2)

II BOB. O‘zbekistonda chorva mollar jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilishimiz natijasida Respublikamizning turli mintaqalarida chorva mollar jigarida asosan, tasmasimon chuvalchanglar sinfidan – Echinococcus granulosus (larvae) turi hamda so‘rg‘ichlilar sinfidan – Fasciola hepatica, F.gigantica va Dicrocoelium dendriticum turlari parazitlik qiladi. Quyida O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi asosiy gelmintozlardan exinokokkoz, fassiolyoz va dikrotselioz qo‘zg‘atuvchilarining umumiy tuzilish belgilari, biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari hamda ularning oldini olish choralari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlar keltiriladi.


2.1. Exinokokkning tuzilishi va biologik xususiyatlari
Mahsuldor hayvonlarga va odamlarga juda katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchanglardan biri exinokokk - Echinococcus granulosus (larvae) hisoblanadi. Voyaga yetgan exinokokkning shakli tasmasimon bo‘lib, uzunligi 2-6 mm atrofida, tanasi skoleks va 3 - 4 bo‘g‘mdan iborat. Skoleksida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumi bor. Xartumi ikki qator joylashgan, 28-40 tacha xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo‘g‘imlari germafrodit bo‘lib, unda 50 ga yaqin urug‘don, urug‘ tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va qin joylashgan. Oxirgi yetilgan bo‘g‘imi 400-800 ta tuxum bilan to‘lgan bo‘ladi (1-rasm).
Exinokokkning asosiy xo‘jayinlari it, bo‘ri, tulki, chiyabo‘ri va boshqa yirtqich hayvonlar hisoblanadi. Voyaga yetgan exinokokk ularning ichagida 6 oy, ba’zan 1 yilgacha yashashi mumkin. Exinokokkning yetilgan oxirgi bo‘g‘imlari asosiy xo‘jayini axlati bilan tashqariga chiqariladi va bu bo‘g‘imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha bo‘lgan masofani bosib o‘tib, yem-xashak, suv va boshqa narsalarga o‘z tuxumlarini sochadi.
Oraliq xo‘jayinlar, ya’ni qo‘y, echki, qoramol, tuya, cho‘chqa va boshqa o‘txo‘r hayvonlar exinokokk tuxumlarini yem-xashak, suv bilan yutib, parazitni o‘zlariga yuqtiradi. Mazkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli lichinka - onkosfera tezda ichakni teshib qonga o‘tadi, so‘ngra hayvonlarning o‘pkasi, jigari, buyragi va boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufaklari hosil bo‘ladi. Ular juda sekin va uzoq o‘sib, tobora kattalashib boradi. Exinokokkning pufakli shakllari 10-30 yilgacha ham o‘sishi mumkin. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkarisiga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil bo‘ladi.




Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling