Mundarija kirish I bob. O‘zbekistonda chorva mollari gelmintlari, shu jumladan ularning jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qiqacha o‘rganilish tarixi


Download 388.43 Kb.
bet2/13
Sana19.06.2023
Hajmi388.43 Kb.
#1623348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
parazit (2)

Kurs ishining maqsadi: O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning faunasi, keng tarqalgan vakillarining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari bo‘yicha chop etilgan ilmiy adabiyotlarni o‘qib tahlil qilish.
Kurs ishining vazifalari: Maqsadni amalga oshirish uchun O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning tur tarkibi, keng tarqalgan vakillarining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari to‘g‘risidagi adabiyotlarni to‘plab o‘qib tahlil qilish natijasida:

  • Chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning tur tarkibini ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish va tahlil qilish;

  • Sirdaryo viloyatining ayrim xo‘jaliklarida chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning tur tarkibini o‘rganish;

  • Chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi keng tarqalgan gelmintlar vakillarining tuzilishi va biologik xususiyatlarini ilmiy adabiyotlar asosida o‘rganish va tahlil qilish;

  • Chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ular oldini olish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qib tahlil qilish.

Kurs ishining ob’ekti va predmeti: Tadqiqotning ob’ekti sifatida O‘zbekistonda chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlar bo‘yicha chop etilgan ilmiy adabiyotlar hamda Sirdaryo viloyatining ayrim xo‘jaliklarida chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlar tanlangan. Shunga muvofiq chorva mollari jigarida parazitlik qiluvchi gelmintlarning tur tarkibi, keng tarqalgan vakillarining biologik xususiyatlari, qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularni oldini olish choralari bo‘yicha chop etilgan ilmiy adabiyotlar Kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlardan Respubltkamizning chorvachilik xo‘jaliklarida ishlayotgan mutaxassislar amaliy tavsiya sifatida foydalanishlari mumkin. Shuningdek, ushbu materiallardan yosh o‘qituvchilar o‘quvchi - talabalarga zoologiya va parazitalogiya fanlari bo‘yicha dars o‘tganda, hamda biologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari zoologiya va parazitologiya fanlaridan mustaqil ta’limga ajratilgan mavzularni bajarishlarida qo‘shimcha ma’lumot sifatida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi, kirish, 2 ta bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning hajmi 41 sahifani tashkil qiladi. Ishda 1 ta jadval va 5 ta rasmlar mavjud.



Download 388.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling