Baliqchilik asoslari


Baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning
talab etiladigan miqdori, %
Suvning
harorati, °C


187
zog‘orabaliqlarni bir marotaba yayrovchi suv hovuzlariga o‘t-
kazilgandan so‘ng bir oy o‘tgach gelmintsizlantiriladi. Naslli va
tuzatish guruhidagi baliqlarga bahorda ikra qo‘yishdan oldin
davolovchi oziqa beriladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni
individual tarzda gelmintsizlantirish mumkin. Buning uchun fe-
nasalni suv bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan emulsiyani shprisga
tortib olinadi, uchiga rezina shlangcha ulanadi (yoki elastik kateter)
va baliqning og‘zi orqali ichagiga yuboriladi. 0,5—1,5 kg og‘irlik-
dagi baliqlar uchun 0,3—0,4 g/kg miqdorda beriladi. Òermal va
geotermal suvlarda o‘stirilayotgan zog‘orabaliqlarga davolovchi
oziqani zararlanish vaqtini inobatga olib har 60—70 kunda berib
boriladi. Nosog‘lom suv havzalaridan vegetatsiya davri tugab
bo‘lgach, barcha baliqlar ovlanib sotuvga chiqariladi. Hovuzlar-
ning suvlari xo‘jalik chegarasidan tashqariga, umumiy suv havzasi
tarmog‘iga tushmasligi uchun chiqarib tashlanadi. Hovuz osti-
dagi loyqalar quritiladi va suv havzasi qishda suvsiz qoldiriladi,
muzlatiladi, so‘ngra xlorli ohak bilan 5—6 s/ga hisobida yoki
so‘ndirilmagan ohak bilan 25 s/ga hisobida ishlov beriladi. Ho-
vuzlar quritilgach botriosefaloz tuxumlari 15—20 soatdan so‘ng
nobud bo‘ladi, muzlatilganda esa 48 soatdan so‘ng o‘ladi.
Difillobotrioz — antropozoonoz, tabiiy o‘choqli invazion ka-
sallik bo‘lib, u Diphyllobothrium avlodiga mansub tasmali ses-
todalarning odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka bo‘lim
ichaklarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi. Kasallikka it,
mushuk, tulki va boshqa mo‘ynali hayvonlar moyil.
Qo‘zg‘atuvchisi. Diphyllobothrium latum boshqa turlariga
nisbatan ko‘proq uchraydi, uning uzunligi 10 m gacha, mo‘ynali
hayvonlar organizmga esa 1,5 m uzunlikkacha bo‘ladi. Parazit-
ning skoleksida ikkita chuqur botriyasi bor, bo‘g‘inlari qisqa,
lekin enli, 700—800 tagacha urug‘doni bor, tuxumdoni xuddi
kapalak qanotlariga o‘xshash shaklda, har bir bog‘inda 3 ta jinsiy
teshik tananing ventral yuzasining o‘rtalarida joylashgan: erkaklik,
vagina (qin) va bachadon teshigi.
Biologiyasi. Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari odam va
go‘shtxo‘r hayvonlar, oraliq xo‘jayini qisqichbaqalar va diapto-


188
muslar, qo‘shimcha xo‘jayini chuchuk suv baliqlari (cho‘rtan,
olabug‘a, yelimbaliq, gulmohi). Parazit tuxumlari tezak bilan suvga
tushgach, suvning haroratiga bog‘liq holda 3—5 hafta ichida
uning ichida lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi. Uning 6 ta xitinli
ilmoqchalari tikanchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Kelgusida
koratsidiylarni oraliq xo‘jayinlari alimentar ravishda iste’mol qil-
ganlarida ularning ichaklarida koratsidiy o‘zining tikanli qobi-
g‘ini tashlab 2—3 haftadan so‘ng o‘sib-rivojlanib ikkinchi bos-
qichdagi lichinka — protserkoidga aylanadi. Ana shunday protser-
koid bor bo‘lgan qisqichbaqalarni baliqlar iste’mol qilganlarida,
ularning organizmida qisqichbaqalar hazm bo‘ladi, uning ichidan
chiqqan protserkoid, ichakning devorlari orqali qorin bo‘shli-
g‘iga, mushaklarga, teriosti kletchatkasiga yetib borib, o‘sadi,
rivojlanadi va invazion lichinka — plerotserkoidga aylanadi.
Òanasida plerotserkoid bor bo‘lgan baliqlarni yaxshi pishi-
rilmagan holda odamlar iste’mol qilsalar yoki xom holatda
go‘shtxo‘r hayvonlar iste’mol qilishsa kasallikka chalinadilar.
Prepatent rivojlanish davri bir oyni tashkil qiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling