Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint, oraliq xo‘jayin ish-
tirokida rivojlanadi. Oraliq xo‘jayin vazifasini eshkakoyoqli
qisqichbaqalar — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar
baliq ichaklariga tuxum qo‘ya boshlaydi, tuxum tezak bilan tashqi
muhitga — suvga tushadi. Suvning haroratiga bog‘liq holda 3—7
kun ichida tuxumda lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi va tuxum-
dan chiqadi. Koratsidiy yumshoq shaklda bo‘lib, tanasi tukchalar
bilan o‘ralgan, uch juft xitinli ilmoqchasi bor. Koratsidiylar suvda
bor-yo‘g‘i 2—3 kun o‘zining hayotchanligini saqlay oladi. Suvda
suzib yurgan koratsidiylarni sikloplar alimentar ravishda is-
te’mol qiladi, ularning ichaklarida 7—10 kun o‘tgach invazion
lichinka protserkoid hosil bo‘ladi. Ularning uzunligi 100—115
mkm bo‘lib, ularda serkomer — alohida haltasimon o‘simtaning
borligi bilan xarakterlanadi. Parazitning rivojlanishida quyidagi
qisqichbaqa turlari ishtirok etadi: Cyclops strenuus, Mesocyclops
leuckarti, M.oithonoides, M.crassus, M.dybowski, Acanthocyclops
vernalis, A.bicuspidatus.
Baliqlar, ayniqsa, ularning chavoqlari zooplanktonlarni
alimentar ravishda iste’mol qilganlarida botriosefalozga chali-
nadilar. Baliqlarning ichaklarida qisqichbaqalar hazm bo‘lib
ketib, uning ichidan chiqqan lichinka — protserkoid ichakning
shilliq pardasiga yopishib rivojlanadi, o‘sadi va 2—3 haftadan
so‘ng jinsiy voyaga yetadi. Parazitning tuxumdan to jinsiy voyaga
yetgan davrigacha bo‘lgan muddat bahor-yoz oylarida 45—60
kunni tashkil qiladi. Òuxum ajratib bo‘lgach sestodalar o‘ladi.
Agarda baliqlar kuzda zararlangan bo‘lsa, botriosefalozlar baliq
organizmida qish va bahorgacha saqlanadi, bahorga kelib tuxum
qo‘yib, so‘ngra nobud bo‘ladi. Qishda botriosefalozlarning hayoti
biroz cho‘ziladi va 9—10 oygacha davom etadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Botriosefaloz ham hovuzli xo‘-
jaliklarda va ham tabiiy suv havzalarida keng tarqalgan. Bunda
baliqlarni nazoratsiz tashishlar, umumiy suv ta’minot manba-
larining borligi, bosh hovuzlarda baliqlarni o‘stirish va hokazo
kabi omillar yordam beradi. Chavoqlar o‘z hayotining dastlabki
kunlarida zooplanktonlar bilan oziqlanishlari oqibatida kasallikka


184
chalinadilar: janubiy mintaqalarda — may-iyunlarda, markaziy
mintaqalarda iyun-iyulda 10—12 kunlik chavoqlarda invaziyaning
intensivligi ancha past, biroq ularning rivojlanishi, o‘sishi nati-
jasida invaziyaning ekstensivligi va intensivligi ham ortib boradi.
Chavoqlar iyul-avgust oylarida intensiv ravishda zararlanadilar,
chunki shu vaqtda hovuzlarda zooplanktonlar juda ham ko‘p
bo‘lib, baliqlar ular bilan jadal ravishda oziqlanadi. Kuzga kelib
esa hovuzlarda zooplanktonlar kamayib qoladi hamda yosh
baliqlarni kombikormlar bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yiladi, za-
rarlanish ham keskin kamayadi. Karp turidagi baliqlarning shu
yilgilarini qishlovchi hovuzlarga o‘tkazish paytida, ularning 35—
50 % botriosefalozga chalingan bo‘lishi mumkin. Qish davrida
baliqlarning zararlanish darajasi kuzgi zararlanish darajasi at-
rofida saqlanib qoladi, ayrim paytlarda esa sestodalarning nobud
bo‘lishi evaziga pasayishi kuzatiladi. Qishda baliqlar oziqlan-
maydi, natijada gelmintlarning rivojlanishi to‘xtaydi, yangi zarar-
lanish kuzatilmaydi. 2 yoshdagi karp baliqlarining zararlanishi
bahor-yoz oylarida kuzatiladi va 35—55% atrofida bo‘lib, inva-
ziyaning intensivligi juda ham past bo‘ladi. Uch yoshli va undan
katta yoshdagi baliqlarda faqatgina sporodik zararlanish kuza-
tiladi, bu ularda yoshi bilan bog‘liq chidamlilik (immunitet) hosil
bo‘lishidan dalolat beradi.
Invaziyaning manbayi — bu, asosan, katta yoshdagi parazit-
tashuvchi baliqlar hamda zararlangan qisqichbaqalar.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling