Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Klonorxoz o‘choqli ravishda tar-
qalgan bo‘lib, asosan, Rossiyaning Uzoq Sharq, Pastki Amur-
bo‘yi rayonlarining mahalliy aholisi orasida uchraydi. Baliq-
chilik, baliqlarni qayta ishlovchi va xom yoki yaxshi pishirilmagan
oziqalar bilan oziqlanuvchi odamlar hamda itlar orasida kasallik
tez-tez uchrab turadi. Amurbo‘yidagi suv havzalarining baliqlari
ham klonorxis metatserkariylari bilan zararlanishi ham yuqori
bo‘lib, o‘rta hisobda 15—17% ni tashkil qiladi.


179
Kasallikning klinik belgilari. Opistorxozga chalingan odamlar-
dagi klinik belgilariga o‘xshash bo‘lib, kamqonlik, sariqlik, oshqo-
zon-ichak faoliyatining buzilishi, oriqlanish, kasallikning uzoq
muddat davom etishi va ishlash qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Kasallik baliqlarda subklinik ko‘rinishda kechadi.
Òashxis. Opistorxozga o‘xshash.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish ham xuddi opis-
torxozga o‘xshash bo‘lib, asosiysi, iste’molga xom va zarar-
sizlantirilmagan baliqlarni kiritmaslikdan iborat. Klonorxis me-
tatserkariylarini tashuvchi barcha baliq turlari aniqlanadi. Za-
rarlangan baliqlarni sotishga ruxsat berilmaydi, uni dastlab qay-
natiladi yoki qovuriladi, yoinki undan konserva tayyorlanadi.
Aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim
ahamiyatga ega.
Liguloz — bu baliqlarning sestodoz kasalligi bo‘lib, uni
Diphyllobothridae oilasiga mansub ligula intestinalis sestodasining
invazion lichinkasi — plerotserkoid baliqlarning, asosan, karp
turidagi baliqlarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qilishi tufayli
qo‘zg‘atilib, kasallik ichki organlarning atrofiyasi, pushtsizlik,
ayrim paytlarda esa qorin devorining yorilishi va baliqlarning
nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchining jinsiy
voyaga yetgan shakli turli baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida
parazitlik qiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling