179
Kasallikning klinik belgilari. Opistorxozga chalingan odamlar-
dagi klinik belgilariga o‘xshash bo‘lib, kamqonlik, sariqlik, oshqo-
zon-ichak faoliyatining buzilishi, oriqlanish, kasallikning uzoq
muddat davom etishi va ishlash qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Kasallik baliqlarda subklinik ko‘rinishda kechadi.
Òashxis. Opistorxozga o‘xshash.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish ham xuddi opis-
torxozga o‘xshash bo‘lib,
asosiysi, iste’molga
xom va zarar-
sizlantirilmagan baliqlarni kiritmaslikdan iborat. Klonorxis me-
tatserkariylarini tashuvchi barcha baliq turlari aniqlanadi. Za-
rarlangan baliqlarni sotishga ruxsat berilmaydi, uni dastlab qay-
natiladi yoki qovuriladi, yoinki undan konserva tayyorlanadi.
Aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish muhim
ahamiyatga ega.
Liguloz — bu baliqlarning sestodoz kasalligi bo‘lib, uni
Diphyllobothridae oilasiga mansub
ligula intestinalis sestodasining
invazion lichinkasi —
plerotserkoid baliqlarning, asosan, karp
turidagi baliqlarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qilishi tufayli
qo‘zg‘atilib, kasallik
ichki organlarning atrofiyasi, pushtsizlik,
ayrim paytlarda esa qorin devorining
yorilishi va baliqlarning
nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchining
jinsiy
voyaga yetgan shakli turli baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida
parazitlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: