189
Òashxis. Jinsiy voyaga yetgan parazitlarning bor-yo‘qligini
aniqlashda gelmintokoprologik tekshiruv o‘tkaziladi. Baliqlarni
esa gelmintologik tekshiruv asosida plerotserkoidlarni topib qo‘-
yiladi. Buning uchun kompressorum usuli ishlatiladi.
Mushak
bo‘lagidan, ichki
organlardan namuna olinib, kompressorum
oynasi orasiga qo‘yib yaxshilab ezamiz va mikroskopda tekshira-
miz. Bunda plerotserkoidlarni topishimiz mumkin.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish. Odam va hayvonlarda
gelmintsizlantirish usuli qo‘llaniladi. Baliqlarda
davolash usuli
ishlab chiqilmagan. Difillobotrioz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklar-
dan ovlangan baliqlarni xom yoki
yaxshi pishirilmasdan turib
hayvonlarga yedirmaslik. Qishda baliqlarni iste’molga chiqarishdan
oldin ularni muzlatish. Xom baliqlarni 14 kun davomida tuzlash.
Dioktofimoz — bu it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlarning ne-
matodoz kasalligi bo‘lib,
Dioctophymidae oilasiga
mansub
Dioctophyme renale ning hayvonlarning siydik pufagida, siydik
chiqaruvchi kanalda, qorin va ko‘krak qafasida, ba’zan esa yuragida
parazitlik qilishi natijasida qo‘zg‘atiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: