Baliqchilik asoslari
Baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Difillobotrioz
- Qo‘zg‘atuvchisi.
- Biologiyasi.
Baliq massasiga nisbatan siprinotsestinning
talab etiladigan miqdori, % Suvning harorati, °C 187 zog‘orabaliqlarni bir marotaba yayrovchi suv hovuzlariga o‘t- kazilgandan so‘ng bir oy o‘tgach gelmintsizlantiriladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarga bahorda ikra qo‘yishdan oldin davolovchi oziqa beriladi. Naslli va tuzatish guruhidagi baliqlarni individual tarzda gelmintsizlantirish mumkin. Buning uchun fe- nasalni suv bilan aralashtiriladi, hosil bo‘lgan emulsiyani shprisga tortib olinadi, uchiga rezina shlangcha ulanadi (yoki elastik kateter) va baliqning og‘zi orqali ichagiga yuboriladi. 0,5—1,5 kg og‘irlik- dagi baliqlar uchun 0,3—0,4 g/kg miqdorda beriladi. Òermal va geotermal suvlarda o‘stirilayotgan zog‘orabaliqlarga davolovchi oziqani zararlanish vaqtini inobatga olib har 60—70 kunda berib boriladi. Nosog‘lom suv havzalaridan vegetatsiya davri tugab bo‘lgach, barcha baliqlar ovlanib sotuvga chiqariladi. Hovuzlar- ning suvlari xo‘jalik chegarasidan tashqariga, umumiy suv havzasi tarmog‘iga tushmasligi uchun chiqarib tashlanadi. Hovuz osti- dagi loyqalar quritiladi va suv havzasi qishda suvsiz qoldiriladi, muzlatiladi, so‘ngra xlorli ohak bilan 5—6 s/ga hisobida yoki so‘ndirilmagan ohak bilan 25 s/ga hisobida ishlov beriladi. Ho- vuzlar quritilgach botriosefaloz tuxumlari 15—20 soatdan so‘ng nobud bo‘ladi, muzlatilganda esa 48 soatdan so‘ng o‘ladi. Difillobotrioz — antropozoonoz, tabiiy o‘choqli invazion ka- sallik bo‘lib, u Diphyllobothrium avlodiga mansub tasmali ses- todalarning odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning ingichka bo‘lim ichaklarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi. Kasallikka it, mushuk, tulki va boshqa mo‘ynali hayvonlar moyil. Qo‘zg‘atuvchisi. Diphyllobothrium latum boshqa turlariga nisbatan ko‘proq uchraydi, uning uzunligi 10 m gacha, mo‘ynali hayvonlar organizmga esa 1,5 m uzunlikkacha bo‘ladi. Parazit- ning skoleksida ikkita chuqur botriyasi bor, bo‘g‘inlari qisqa, lekin enli, 700—800 tagacha urug‘doni bor, tuxumdoni xuddi kapalak qanotlariga o‘xshash shaklda, har bir bog‘inda 3 ta jinsiy teshik tananing ventral yuzasining o‘rtalarida joylashgan: erkaklik, vagina (qin) va bachadon teshigi. Biologiyasi. Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari odam va go‘shtxo‘r hayvonlar, oraliq xo‘jayini qisqichbaqalar va diapto- 188 muslar, qo‘shimcha xo‘jayini chuchuk suv baliqlari (cho‘rtan, olabug‘a, yelimbaliq, gulmohi). Parazit tuxumlari tezak bilan suvga tushgach, suvning haroratiga bog‘liq holda 3—5 hafta ichida uning ichida lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi. Uning 6 ta xitinli ilmoqchalari tikanchalar bilan qoplangan bo‘ladi. Kelgusida koratsidiylarni oraliq xo‘jayinlari alimentar ravishda iste’mol qil- ganlarida ularning ichaklarida koratsidiy o‘zining tikanli qobi- g‘ini tashlab 2—3 haftadan so‘ng o‘sib-rivojlanib ikkinchi bos- qichdagi lichinka — protserkoidga aylanadi. Ana shunday protser- koid bor bo‘lgan qisqichbaqalarni baliqlar iste’mol qilganlarida, ularning organizmida qisqichbaqalar hazm bo‘ladi, uning ichidan chiqqan protserkoid, ichakning devorlari orqali qorin bo‘shli- g‘iga, mushaklarga, teriosti kletchatkasiga yetib borib, o‘sadi, rivojlanadi va invazion lichinka — plerotserkoidga aylanadi. Òanasida plerotserkoid bor bo‘lgan baliqlarni yaxshi pishi- rilmagan holda odamlar iste’mol qilsalar yoki xom holatda go‘shtxo‘r hayvonlar iste’mol qilishsa kasallikka chalinadilar. Prepatent rivojlanish davri bir oyni tashkil qiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling