Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epizootologik ma’lumotlar.
Biologik rivojlanishi. Parazit biogelmint, oraliq xo‘jayin ish-
tirokida rivojlanadi. Oraliq xo‘jayin vazifasini eshkakoyoqli qisqichbaqalar — sikloplar bajaradi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar baliq ichaklariga tuxum qo‘ya boshlaydi, tuxum tezak bilan tashqi muhitga — suvga tushadi. Suvning haroratiga bog‘liq holda 3—7 kun ichida tuxumda lichinka — koratsidiy hosil bo‘ladi va tuxum- dan chiqadi. Koratsidiy yumshoq shaklda bo‘lib, tanasi tukchalar bilan o‘ralgan, uch juft xitinli ilmoqchasi bor. Koratsidiylar suvda bor-yo‘g‘i 2—3 kun o‘zining hayotchanligini saqlay oladi. Suvda suzib yurgan koratsidiylarni sikloplar alimentar ravishda is- te’mol qiladi, ularning ichaklarida 7—10 kun o‘tgach invazion lichinka protserkoid hosil bo‘ladi. Ularning uzunligi 100—115 mkm bo‘lib, ularda serkomer — alohida haltasimon o‘simtaning borligi bilan xarakterlanadi. Parazitning rivojlanishida quyidagi qisqichbaqa turlari ishtirok etadi: Cyclops strenuus, Mesocyclops leuckarti, M.oithonoides, M.crassus, M.dybowski, Acanthocyclops vernalis, A.bicuspidatus. Baliqlar, ayniqsa, ularning chavoqlari zooplanktonlarni alimentar ravishda iste’mol qilganlarida botriosefalozga chali- nadilar. Baliqlarning ichaklarida qisqichbaqalar hazm bo‘lib ketib, uning ichidan chiqqan lichinka — protserkoid ichakning shilliq pardasiga yopishib rivojlanadi, o‘sadi va 2—3 haftadan so‘ng jinsiy voyaga yetadi. Parazitning tuxumdan to jinsiy voyaga yetgan davrigacha bo‘lgan muddat bahor-yoz oylarida 45—60 kunni tashkil qiladi. Òuxum ajratib bo‘lgach sestodalar o‘ladi. Agarda baliqlar kuzda zararlangan bo‘lsa, botriosefalozlar baliq organizmida qish va bahorgacha saqlanadi, bahorga kelib tuxum qo‘yib, so‘ngra nobud bo‘ladi. Qishda botriosefalozlarning hayoti biroz cho‘ziladi va 9—10 oygacha davom etadi. Epizootologik ma’lumotlar. Botriosefaloz ham hovuzli xo‘- jaliklarda va ham tabiiy suv havzalarida keng tarqalgan. Bunda baliqlarni nazoratsiz tashishlar, umumiy suv ta’minot manba- larining borligi, bosh hovuzlarda baliqlarni o‘stirish va hokazo kabi omillar yordam beradi. Chavoqlar o‘z hayotining dastlabki kunlarida zooplanktonlar bilan oziqlanishlari oqibatida kasallikka 184 chalinadilar: janubiy mintaqalarda — may-iyunlarda, markaziy mintaqalarda iyun-iyulda 10—12 kunlik chavoqlarda invaziyaning intensivligi ancha past, biroq ularning rivojlanishi, o‘sishi nati- jasida invaziyaning ekstensivligi va intensivligi ham ortib boradi. Chavoqlar iyul-avgust oylarida intensiv ravishda zararlanadilar, chunki shu vaqtda hovuzlarda zooplanktonlar juda ham ko‘p bo‘lib, baliqlar ular bilan jadal ravishda oziqlanadi. Kuzga kelib esa hovuzlarda zooplanktonlar kamayib qoladi hamda yosh baliqlarni kombikormlar bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yiladi, za- rarlanish ham keskin kamayadi. Karp turidagi baliqlarning shu yilgilarini qishlovchi hovuzlarga o‘tkazish paytida, ularning 35— 50 % botriosefalozga chalingan bo‘lishi mumkin. Qish davrida baliqlarning zararlanish darajasi kuzgi zararlanish darajasi at- rofida saqlanib qoladi, ayrim paytlarda esa sestodalarning nobud bo‘lishi evaziga pasayishi kuzatiladi. Qishda baliqlar oziqlan- maydi, natijada gelmintlarning rivojlanishi to‘xtaydi, yangi zarar- lanish kuzatilmaydi. 2 yoshdagi karp baliqlarining zararlanishi bahor-yoz oylarida kuzatiladi va 35—55% atrofida bo‘lib, inva- ziyaning intensivligi juda ham past bo‘ladi. Uch yoshli va undan katta yoshdagi baliqlarda faqatgina sporodik zararlanish kuza- tiladi, bu ularda yoshi bilan bog‘liq chidamlilik (immunitet) hosil bo‘lishidan dalolat beradi. Invaziyaning manbayi — bu, asosan, katta yoshdagi parazit- tashuvchi baliqlar hamda zararlangan qisqichbaqalar. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling