Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari invaziyaning
intensivligiga bog‘liq. Baliqlar kuchli invaziyalanganlarida ular-
ning suzish mexanizmlari izdan chiqadi, kamroq suv bo‘lgan
joylarda, sohillarda to‘planib qolishadi. Ko‘proq suvning yuzasida
yon boshi bilan yoki orqasi bilan suzib yuradi. Suvning kuchli
to‘lqinlariga dosh berolmaydi, o‘simlik, qamishlar o‘sgan joylarga
kelib qoladi. Baliqlarning, qorni shishadi, ba’zan esa qorin devori
yorilishi oqibatida nobud bo‘ladi.


181
Òashxis parazitologik yorib ko‘rilib, qo‘zg‘atuvchilarni topish
asosida qo‘yiladi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish. Davolash usullari
ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olishda baliqxo‘r par-
randalarni qo‘rqitish, uyalarini yo‘qotish, yig‘ilib qolgan kasal
baliqlarni ovlab yo‘qotish hamda nosog‘lom xo‘jaliklarda sudak,
cho‘rtan kabi baliq turlarini urchitish maqsadga muvofiq. Chunki
bu baliqlar ligulozga chalinmaydi.
Digrammoz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, u
Ligulidae oilasi, Digramma avlodiga mansub Digramma interrupta
tasmali sestodalarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qilishi oqiba-
tida qo‘zg‘atilib, ichki organlar funksiyasining buzilishi bilan xa-
rakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi o‘zining morfologik tuzilishi jihatdan xuddi
Ligula intestinalis ga o‘xshash, lekin strobilasining ventral yuzasida
ikkita jo‘yagi (chuqurchasi) (jinsiy komplektlarning teshigi ochil-
gan joy) mavjud. Jinsiy voyaga yetgan parazitlarning tanasi soxta
bo‘g‘inlarga bo‘lingan bo‘lib, 25—40 tagacha bo‘lishi mumkin. Para-
zitning tana uzunligi 10—120 sm, eni esa 0,7—1,6 sm ga teng.
Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi xuddi ligulalarga
o‘xshash bo‘lib, oraliq xo‘jayinlar — sikloplar va diaptomuslar
ishtirokida kechadi. Jinsiy voyaga yetgan parazit baliqxo‘r par-
randalarning ichagida rivojlanadi. Lichinkasi — protserkoidlar —
sikloplarda rivojlanadi, plerotserkoidlar esa leshch, karas, golyan,
ko‘kbo‘yin, ola peshanado‘ng va oq amur baliqlarning qorin
bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling