Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Opistorxoz, asosan, o‘choqli,
manbali ravishda tarqalgan. Kasallik qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘-


177
jayini molluskalari keng tarqalgan. Ob, Irtish, Volga, Kama,
Dnepr, Janubiy Buga, Neman daryolarida ko‘proq uchraydi.
Suv havzalarining zararlanish manbayi — bu opistorxoz bilan
kasallangan odamlar va go‘shtxo‘r hayvonlar. Zararlanish ko‘p-
roq bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlar
xom va yaxshi pishirilmagan baliqlarni iste’mol qilganlarida
kasallikka chalinadi. EI–75–80%, II–bir necha ming meta-
tserkariylar bir boshda.
Qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayinlari — suvning oqimi past
bo‘lgan daryolarda, o‘simliklari ko‘p bo‘lgan suv havzalarida
ko‘proq uchraydi.
Patogenez. Opistorxuslar o‘t yo‘llarini jarohatlashi oqibatida
o‘t suyuqligining oqishi qiyinlashib, jigarda turg‘unlik holati vujudga
keladi. Organizmda zaharlanish kuzatilib, allergik holat paydo
bo‘ladi. Xoletsistit, sirroz rivojlanadi. Metatserkariylar ko‘p miq-
dorda baliq organizmiga parazitlik qilishi natijasida kapsulaga o‘ralgan
uchastkalar hosil bo‘ladi, mushak tolasining elastikligi yo‘qoladi.
Klinik belgilari. Kasal hayvonlar holsizlanadi, qaltirab, titrab
tana harorati ko‘tariladi, qorin damlangan (assit), jigar katta-
lashgan, qattiq, ko‘rinarli shilliq pardalar sarg‘aygan bo‘ladi. Qon
tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Eozinofillar miqdori ko‘pay-
gan, neytrofillar kamaygan, eritrotsit, gemoglobinlar miqdori
ham kamaygan.
Òashxis. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlarda gelmintokoprologik,
baliqlarda esa gelmintologik tekshirish o‘tkaziladi. Mushaklardan
namuna olinib kompressorum oynasi orasiga qo‘yib mikroskopda
tekshiriladi. Metatserkariylarning turlarini aniqlashda bioproba
qo‘yiladi. Mushuk bolasiga zararlangan baliq go‘shtidan yediriladi
va 25—30 kun o‘tgach tezak gelmintokoprologik usulda tekshiriladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling