Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari. Baliqlarda metatserkariylarning
kirib qolish joylarida nuqtasimon qon quyiladi, keyinchalik qora tugunakchaga aylanuvchi qora pigmentsizlangan dog‘lar paydo bo‘ladi. Òugunchaning (kapsulaning) ichida metatserkariylar va 175 qora pigment — gemomelanin bo‘ladi. Gemomelanin bu ge- moglobin va hujayra pigmenti — xromatofordan iborat. Cha- voqlarning o‘sishi, kattalashuvi natijasida bu qora dog‘lar ham kattalashib 1—1,6 sm gacha yetadi (diametri) va ko‘pincha o‘suvchi xarakterga ega bo‘lib, mushak to‘qimasi ichiga o‘sib borishi mum- kin. Zararlangan chavoqlarning tanasi shaklsizlanadi, umurtqasi qiyshayadi, mo‘rt bo‘lib qoladi, egiluvchanligi yo‘qoladi, o‘sish- dan qoladi. Kasal baliqlar suv yuzasiga suzib chiqadi, kuchsiz- lanadi va ularni ushlash osonlashadi. Qora dog‘larni tananing, organizmning turli qismlarida: suzgich qanotlarida, jabrasida, dumida, orqasida, ikki yonlarida, ko‘zning shox pardasida, og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq pardasida va boshqa joylarda ko‘rish mumkin. Patogenez. Serkariylar baliq organizmiga kirganida teri va mushak qatlamini jarohatlaydi, lichinkalar atrofida biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula hosil bo‘lgach, teri va mushak qat- lamining yumshashiga olib keladi. Modda almashinuv jarayoni buziladi. Kuchli zararlangan joylarda nekrotik jarayon kuzatiladi, natijada umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi: gemoglobin miqdori va eri- trotsitlar soni kamayadi, monotsit va neytrofillar soni esa oshadi. Ko‘p sonli qora dog‘lar baliqning tovarlik ko‘rinishini buzadi. Òashxis qora dog‘ va tugunaklarning borligiga qarab qo‘- yiladi. Òugunaklardan namuna olib mikroskopda tekshiriladi va metatserkariylarni topib tashxis qo‘yiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling