Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘zg‘atuvchisi.
- Biologiyasi.
- Epizootologik ma’lumotlar.
Postodiplostomoz — bu ham keng tarqalgan gelmintoz kasallik
bo‘lib, terining, mushak qatlamining zararlanishi va umurtqa pog‘onasining qiyshayib qolishi bilan xarakterlanadi. Kasallik ham tabiiy suv havzalarida va ham baliqlarning ikrasini qo‘yib baliq ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda uchraydi. Zararlangan baliqlarning tanasida qora dog‘lar (turli hajmdagi) hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham kasallikning dastlabki nomi «qora-dog‘li» kasallik deb yuritilgan. Bu qora dog‘lar gelmint lichinkalarining joylashgan joyida qora pigmentlarning yig‘ilib qolishi oqibatida paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchisi. Postodiplostomozning qo‘zg‘atuvchisi bu Diplostomotidae oilasiga mansub Postodiplostomum cuticola. 174 Metatserkariylari noksimon shaklda, uzunligi 0,7—1,5 mm, eni 0,3—0,5 mm, tanasi tiniq bo‘lib, ikki qismdan iborat: oldingi — kengaygan va keyingi — toraygan qismi. Òananing oldingi qismida og‘iz so‘rg‘ichi, o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, oldingi qismning oxir- rog‘ida fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Metatserka- riylar teri va teriosti hujayralarida uzunligi, aniqrog‘i, diametri 0,6—0,9 mm keladigan sistaga o‘ralgan holda joylashgan. Pa- razitning jinsiy voyaga yetgan shakli baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi. Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Planorbidae oilasiga mansub chuchuk suv molluskalari. Lichinkalarning in- vazion bosqichga yetish muddati suvning harorati, molluskalar- ning turi va yoshiga bog‘liq bo‘lib, 75—95 kunga teng. Prepatent muddati 3—7 kun. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik, asosan, sobiq Ittifoq- ning janubiy-g‘arbiy rayonlaridagi suv havzalarida ko‘p uchraydi. Baliqlarning zararlanishi yilning bahor-yoz fasllarida kuzatiladi, bu esa qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Posto- diplostomozga turli chuchuk suv baliqlari (60 turdan ortiq): zog‘orabaliq, sazan, leshch, qizilko‘z, oq amur, peshanado‘ng, qizilqanot, tarashabaliq, vobla, chavoqbaliq, gustera, olabug‘a, oqko‘z va boshqalar moyildir. Bu baliqlar ov qiluvchi ahamiyatga ega. Kasallikka sezgirlari bu chavoq va segoletkalar. Kasallikning birinchi klinik belgilari — terida qora dog‘larni paydo bo‘lishi hisoblanadi. 10—12 kunlik chavoqlarda ushbu klinik belgilar ularning hayotining birinchi kunlarida namoyon bo‘ladi. Cha- voqlar kuchli invaziyalanganda ular nobud bo‘lishi kuzatiladi. Invaziyaning intensivligi baliqlar kattalashgani sari oshadi va ay- rim xo‘jaliklarda IE–85–100%, II–150–200 va undan ham ko‘p miqdorni tashkil etishi mumkin. Kasallik manbayi — zararlangan baliqlar, molluskalar va baliqxo‘r parrandalar (qarqara). Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling