Baliqchilik asoslari


Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.  Ushbu
tadbirlar «Hovuzli xo‘jaliklarda baliqlarning girodaktiloziga qarshi
kurashish tadbirlari» bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq o‘tkaziladi.
Kasal baliqlarni davolashda tuzli vanna usuli ishlatiladi. Kasal
baliqlarni 5% li osh tuzi eritmasida 5 daqiqa davomida yoki 0,1—
0,2% li ammiak eritmasida haroratga bog‘liq holda 30 soniyadan
1 daqiqagacha ekspozitsiya (ushlab turiladi) qilinadi. Kasal ba-
liqlarni formalinning 1:4000, 1:5000 nisbatdagi eritmasida 25 da-
qiqa davomida ekspozitsiya qilish ham yaxshi samara beradi.
P. Òeteryuk karp turidagi baliqlarning girodaktiloziga qarshi
qishlovchi hovuzlarda fevral oyidan boshlab har oyda bir ishlovdan
3 marta metilen ko‘ki bilan 1 g/m
3
dozada qo‘llashni tavsiya etadi.
Agarda qishda kasallik kelib chiqsa, baliqlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri
hovuzlarning o‘zida yashiltosh ko‘ki bilan 0,16 g/m
3
dozada
25 soat davomida, «K» — binafsha (ôèîëåòîâûé «K») preparati
bilan suv almashinuvini to‘xtatmay turib 0,2 g/m
3
dozada, metilen
ko‘ki bilan — 1 g/m
3
davolovchi doza va 0,1 g/m
3
profilaktik dozada
7 kun davomida ekspozitsiya qilish mumkin.
Basseynlarda yashiltosh ko‘ki 1:100000 nisbatdagi eritmasida
5 daqiqa davomida 2 marotaba 2 kun oralatib qo‘llaniladi.
Xo‘jaliklarda girodaktiloz kelib chiqishining oldini olish maq-
sadida quyidagi kompleks profilaktik tadbirlarni amalga oshirish
kerak:
a) nosog‘lom xo‘jaliklarda bir yoshdagi karp turidagi baliq-
larni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazishdan oldin hamda naslli va
remont (to‘ldiruvchi) guruhidagi baliqlarni tuzli vannada 5% li
osh tuzi bilan ishlovdan o‘tkaziladi. Kuzda bir yoshli va naslli
baliqlarni qishlovchi hovuzlarga o‘tkazishdan oldin xuddi shunga
o‘xshash tadbirlar amalga oshiriladi;
b) invaziyalangan baliqlarni boshqa suv havzalariga o‘tka-
zishdan oldin 5% li osh tuzi eritmasi bilan ishlovdan o‘tkazish;
d) o‘stiruvchi hovuzlardagi girodaktiluslar bilan invaziya-
langan baliqlarni ovlab bo‘lgach quritiladi va so‘ndirilgan yoki
xlorli ohak bilan dezinfeksiyalanadi, qishda esa hovuzlar suvsiz
saqlanadi;


170
e) o‘stiruvchi hovuzlardagi bir yoshli baliqlarning girodak-
tilozga chidamliligini (rezistentligini) oshirish maqsadida to‘yimli
oziqlantirib borish;
f) yovvoyi baliqlarning (invaziya tashuvchilari) suv havzalari
yoki basseynlarga kirib qolishini chegaralash maqsadida magistral
suv tashuvchi kanallarda panjaralar o‘rnatish.
Ushbu tadbirlarni bizlar reja asosida, muntazam ravishda
amalga oshirsak, kasallik kelib chiqmaydi, kelib chiqqan taqdirda
ham uni tezda tartaraf etishga erishiladi.
Diplostomoz — bu baliqlarning keng tarqalgan invazion,
gelmintoz (trematodoz) kasalligi bo‘lib, uni Diplostomatidae oila-
siga mansub 4 ta trematoda turlarining lichinkalari — metatser-
kariylarining (Diplostomatidae, Diplostomum spathaceum) ba-
liqlarning ko‘zida: ko‘z shishasida, ko‘zning olmasida, sklera va
retin oralig‘ida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik
ko‘z shishasining xiralashuvi, ko‘rish funksiyasining buzilishi bilan
xarakterlanadi (katarakta deb ham yuritiladi).

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling