Baliqchilik asoslari
Epizootologik ma’lumotlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik belgilar.
Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan
invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish mumkin. Kasallikka zog‘orabaliq, cho‘rtanbaliq, sudak, yelim- baliq, gustera, gulmohi, karas, pelyad, oq amur, peshanado‘ng va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbayi — bu metatserka- riylar bilan zararlangan baliqlar, serkariylari bor molluskalar. Diplostomozning tarqalishida asosiy rolni bir suv havzasidan ikkinchisiga o‘tganda suvning ifloslanishiga olib keluvchi baliq- xo‘r parrandalar o‘ynaydi. Serkariylar bilan zararlangan mol- luskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalariga suzib borib, u yerni ham zararlashi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Zararlanish 5—6-kunlarda sodir bo‘ladi. Klinik belgilar. Lichinkalari baliqlar ko‘zining xrustalida parazitlik qilishi natijasida unda yallig‘lanish jarayoni kechib, uning xiralashuviga, ko‘zning ichki kamerasida yorug‘lik borishining qiyinlashuviga, ohak moddasining yig‘ilib qolishiga, xiralashuv va unda oq-sut rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning oldingi kamerasida ekssudat yig‘ilib qoladi, uning bosimi ostida esa ko‘zning shox pardasi qayrilib ko‘z chaqchayishining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan muguz pardaning shakli 172 o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi. Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Kasallik- ning o‘tkir oqimi, asosan, yosh baliqlarda kuzatiladi. Ularda serkariylarning MNSda kirib qolishi va harakati natijasida, nerv markazlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Serkariylar teri qatlami orqali organizmga kirib qolishi oqibatida, teri qatlamining jarohatlanishi, ayrim joylarining qorayib qolishi, qon quyilishi, umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Baliqlarning harakatida o‘zgarish namoyon bo‘ladi, ular tez va pala-partish suzadi, suv ostiga sho‘ng‘ib ketadi, tezda suv yuzasiga suzib chiqib, suvdan o‘zini otadi. Zog‘orabaliq lichinkalarining nobud bo‘- lishi ular organizmiga 5—7 ta serkariylarning kirishi natijasida kuzatiladi. Agarda serkariylar soni 10—12 ta bo‘lsa, o‘lim 70— 85 foizga yetadi. Har xil turdagi baliqlar serkariylarning orga- nizmga kirishi turlicha reaksiya beradi. Masalan, gulmohi turidagi baliqlarning lichinkalari uchun serkariylarning o‘ldiruvchi miq- dori karp turidagilarga nisbatan ikki marotaba ko‘p bo‘lsa, pelyadlar uchun 3—4 marotaba ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Kasallikning surunkali oqimi katta yoshdagi baliqlarda namo- yon bo‘ladi. Yaqqol ko‘rinuvchi klinik belgilar kuzatilmaydi, bi- roq muguz pardasiga o‘rnashib olgan serkariylarning ta’siri na- tijasida ko‘rish qobiliyati qisman izdan chiqadi. Baliqlar yaxshi oziqlansa-da, oriqlaydi, o‘sish, rivojlanishdan orqada qoladi, ular ko‘proq suvning yuzasida suzib yurishi natijasida baliqxo‘r par- randalarga yem bo‘lib qoladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling