Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Kasallikning klinik belgilari. Zararlangan baliqlarning terisi va
suzgichlari xiralashadi. Dastlab dog‘lar, keyinchalik esa epiteliy hujayrasining to‘kilishi bilan kechuvchi och ko‘kimtir-kulrang parda hosil bo‘ladi. Kasal baliqlar oriqlanadi, ko‘zlari ko‘z kosa- siga kirgan. Suzgichlarining nuraro to‘qimasi buzilgan bo‘lib, ulardan erkin osilib turgan nurlar qolgan. Kasallikning namoyon bo‘lishidagi o‘ziga xosligi shundan iboratki, yanvar-fevral oylarida suv havzalarining qirg‘oqlarida onda-sonda kasal baliqlar kelib qoladi. Ular havoni yutadilar, tashqi taassurotlarga javob qay- tarmaydilar, mart-aprel oylarida esa hovuz qirg‘oqlarida kasal baliqlar soni tezda oshib, ommaviy xarakterga ega bo‘ladi. Agarda davolash muolajalari olib borilmasa, suv havzalarining qirg‘oq- larida muzlarning erib ketishidan so‘ng o‘lgan baliqlar to‘dasini ko‘rish mumkin. Patogenezi. Girodaktiluslar shilimshiq modda va to‘qima hujayrasi bilan oziqlanadi, teri qatlamini jarohatlaydi, shikast- laydi, suzgichlarni buzadi. Buning oqibatida shilimshiq hosil bo‘- lish jarayoni buziladi va suzgichlarning shikastlangan uchastka- larida turli xil zamburug‘lar va mikroorganizmlar o‘rnashib olib patologik jarayonni yanada chuqurlashtiradi, oqibatda esa butun organizmning funksiyasi izdan chiqadi. Kasal baliqlar o‘sishdan qoladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Monotsit, polimorf o‘zakli agronulotsitlar miqdori ko‘payadi, gemoglobin miqdori 16—18% ga kamayadi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi 1,5—2 marta tezlashadi. Òashxis epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar va skalpel yordamida teri va suzgichlarning yuzasidan olingan shilimshiqni mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Olingan shilimshiq namunasi buyum oynachasiga o‘tkaziladi, qoplag‘ich oyna bilan yopib yoki kompressor usulida mikroskopning kichik yoki o‘rta kattaligida tekshiriladi. Òopilgan gelmintlar miqdori sanaladi va parazitning turigacha aniqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling