Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik rivojlanishi.
Qo‘zg‘atuvchisi. D. spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib,
uzunligi 0,4—0,5 mm, eni 0,2—0,3 mm, o‘rtasi xuddi bog‘lab qo‘yilganga o‘xshaydi va oldingi qismi bargsimon kengaygan, orqa qismi esa biroz toraygan va silindrsimon shaklda. Òananing ol- dingi qismida quloqsimon o‘simtasi mavjud, og‘iz so‘rg‘ichi, uning ostida, tananing pastrog‘ida tuxumdon, bachadon va urug‘don joylashgan. Òanasi tiniq, tananing o‘rtasida qorin so‘rg‘ichi, uning yonida esa temirli fiksatsiyalovchi Brandes organi joylashgan. Og‘iz teshigidan qisqa qizilo‘ngach ikkiga bo‘linib, ichak nayla- rini hosil qiladi, ular tananing oxirgi qismida bir-biri bilan bir- lashib ko‘richakni hosil qiladi. Biologik rivojlanishi. Parazitning jinsiy voyaga yetgan shakllari baliqxo‘r parrandalarning ichaklarida parazitlik qiladi (definitiv xo‘jayin), parazit tuxumlari parranda najasi orqali suvga tushadi. Òuxumdan lichinka chiqadi (miratsidiy), u kiprikchalar bilan o‘ral- gan bo‘lib, ular yordamida suvda suzib yuradi. Miratsidiy suvda chuchuk suv molluskalari tanasiga kirib oladi va u yerda par- tenogenetik (jinssiz) yo‘l bilan ko‘payadi. Dastlab sporotsista, 171 undan bir qancha rediylar, ulardan esa dumli serkariylar hosil bo‘ladi, ular molluskalar tanasini tark etib, suvda biroz (bir sutka) suzib yurgach, oraliq xo‘jayinlari — baliqlarni topib, ularning organizmiga teri qatlami orqali, jabra, hazm organi orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘zning shishasiga kirib oladi va rivojlanadi. Serkariylar dumini tashlab qon tomirga kirib olgach, qon oqimi bilan ko‘zning shishasi, olmachasigacha yetib keladi. U yerda o‘sadi, rivojlanadi va invazion lichinka — metatserkariyga ayla- nadi. Baliqxo‘r parrandalar zararlangan baliqlarni iste’mol qil- ganlarida kasallikka chalinadilar. Prepatent davri 4—5 kun. Ba- liqlar organizmida metatserkariylar 4 yilgacha o‘zining hayot- chanligini saqlab turishi mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling