Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik rivojlanish.
- Epizootologik ma’lumotlar.
- Patogenezi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Plerotserkoidlar — bu oq yoki oq-sarg‘ish
tusdagi tasmasimon shakldagi uzunligi 2 m gacha keladigan pa- razitlar. Parazitning bosh tomonida unchalik yaxshi rivojlanma- gan ikkita botriyasi, ya’ni chuqurchasi mavjud. Òashqi tomon- dan strobilasi — tanasi bo‘g‘inlarga bo‘linmagan, biroq ketma- ket tarzda parazitning jinsiy organlari joylashgan. Biologik rivojlanish. Parazit biogelmint. Asosiy xo‘jayinlari qisqa parrandalar, oraliq xo‘jayinlari qisqichbaqalar, qo‘shimcha xo‘jayini baliqlar. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar parrandalarning ichaklarida tuxum qo‘ya boshlaydi, tuxumlar tezak orqali tashqi muhitga, suvga tushadi. Embriogenez jarayoni suvda o‘tadi. Òuxumda hosil 180 bo‘lgan lichinka, tuxumning qopqoqchasini ochib suvda biroz muddat suzib yuradi (koratsidiy). Koratsidiylarni qisqichbaqalar iste’mol qilganlarida ularning organizmida koratsidiy rivojlanib ikkinchi bosqichdagi lichinka — protserkoidga aylanadi. Òana- sida ana shunday protserkoid bo‘lgan qisqichbaqalarni baliqlar alimentar ravishda iste’mol qilganlarida, ularning qorin bo‘shli- g‘ida 10—14 oy davomida uzunligi 2 m keladigan navbatdagi li- chinka — plerotserkoid hosil bo‘ladi. Plerotserkoidlar bilan zararlangan baliqlarni parrandalar ushlab iste’mol qilganlarida esa ular kasallikka chalinadilar va qo‘zg‘atuvchi 3—5 kun o‘tgach jinsiy voyaga yetib tashqi muhitga tezak orqali yetilgan tuxum- larni chiqara boshlaydi. Baliqlar organizmida plerotserkoidlar 3 yilgacha yashashi mumkin. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik barcha hududlarda: ko‘llarda, suv omborlarida, kamroq daryo va hovuzlarda uchraydi. Kasallikka ko‘p turdagi baliqlar: leshch, qizilko‘z, chavoqbaliq, qizilqanot, karas, gustera, qushbaliq, so‘zanbaliq, oq amur, peshanado‘ng, marinka, verxovka va boshqalar moyil. Ba’zan sazanda ham uch- ratish mumkin. Plerotserkoidlar esa 2—4 yoshda baliqlarda uch- raydi. Invaziyaning ekstensivligi 40—60%, II—3—7 donani tashkil qilishi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Patogenezi. Plerotserkoidlar rivojlanishi, o‘sishi oqibatida qorin bo‘shlig‘idagi organlar atrofiyaga uchraydi, ularning nor- mal funksiyasi izdan chiqadi. Òuxumdan atrofiyaga uchrashi oqibatida baliqlar pushtsiz bo‘lib qoladi. Qo‘zg‘atuvchi haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, qorin bo‘shlig‘i shishadi, qorin devori yori- lib, baliqlar nobud bo‘lishi mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling