178
Kasallikning oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga
hamda
odamlarga xom,
yaxshi qovurilmagan,
qaynatilmagan
baliqlarni bermaslik. Ayniqsa, Ob va Irtish daryolaridan, Volga va
uning ilmoqlaridan ovlangan baliqlarni go‘shtxo‘r
hayvonlar
ratsioniga kiritmaslik. Motorli baliq ovlovchi kemalarda yopiq
tipdagi hojatxonalarning bo‘lishi shart.
Bundan tashqari, aholi-
ning gelmintologiya sohasidagi bilimlarini, ayniqsa, baliqchilar,
ovchilar, baliqchilik
zavodlaridagi xodimlar, dengizchilarning
bilimlarini yanada oshirish. Opistorxoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘-
jaliklardan ovlangan baliqlarni kamida ikki hafta davomida muz-
latish. Bunda mushakdagi tuzning miqdori 14% ga yetishi kerak.
Harorat 21—23 °C da bo‘lishi lozim. Òarg‘ibot-tashviqot ishlarni
yo‘lga qo‘yish zarur.
Klonorxoz — bu odam va go‘shtxo‘r hayvonlarning invazion
(trematodoz) kasalligi bo‘lib,
Opisthorchidae oilasiga mansub
Clonorchis sinensis trematodasining jigar va o‘t yo‘llarida, o‘t
xaltasida va oshqozon osti bezida
parazitlik qilishi oqibatida
qo‘zg‘atiladi. Uning lichinkali shakli (metatserkariylar) qo‘-
shimcha xo‘jayinlari 70 turdan
ortiq chuchuk suv baliqlari
organizmida parazitlik qiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Clonorchis sinensis ning uzunligi 13—20 mm,
eni esa 3—4 mm bo‘lib, tuzilishi jihatdan xuddi opistorxislarga
o‘xshashdir.
Biologik rivojlanishi. Klonorxislarning rivojlanishi opistorxislar
rivojlanishiga o‘xshash bo‘lib, oraliq xo‘jayin —
Parafossalurus
monochiurious va
P.monochiurious Bourg molluskalari va qo‘-
shimcha xo‘jayinlari — baliqlar ishtirokida rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: