Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikning klinik belgilari. Baliqlarda metatserkariylarning
kirib qolish joylarida nuqtasimon qon quyiladi, keyinchalik qora
tugunakchaga aylanuvchi qora pigmentsizlangan dog‘lar paydo
bo‘ladi. Òugunchaning (kapsulaning) ichida metatserkariylar va


175
qora pigment — gemomelanin bo‘ladi. Gemomelanin bu ge-
moglobin va hujayra pigmenti — xromatofordan iborat. Cha-
voqlarning o‘sishi, kattalashuvi natijasida bu qora dog‘lar ham
kattalashib 1—1,6 sm gacha yetadi (diametri) va ko‘pincha o‘suvchi
xarakterga ega bo‘lib, mushak to‘qimasi ichiga o‘sib borishi mum-
kin. Zararlangan chavoqlarning tanasi shaklsizlanadi, umurtqasi
qiyshayadi, mo‘rt bo‘lib qoladi, egiluvchanligi yo‘qoladi, o‘sish-
dan qoladi. Kasal baliqlar suv yuzasiga suzib chiqadi, kuchsiz-
lanadi va ularni ushlash osonlashadi. Qora dog‘larni tananing,
organizmning turli qismlarida: suzgich qanotlarida, jabrasida,
dumida, orqasida, ikki yonlarida, ko‘zning shox pardasida, og‘iz
bo‘shlig‘ining shilliq pardasida va boshqa joylarda ko‘rish mumkin.
Patogenez. Serkariylar baliq organizmiga kirganida teri va
mushak qatlamini jarohatlaydi, lichinkalar atrofida biriktiruvchi
to‘qimadan iborat kapsula hosil bo‘lgach, teri va mushak qat-
lamining yumshashiga olib keladi. Modda almashinuv jarayoni
buziladi. Kuchli zararlangan joylarda nekrotik jarayon kuzatiladi,
natijada umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Qon
tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi: gemoglobin miqdori va eri-
trotsitlar soni kamayadi, monotsit va neytrofillar soni esa oshadi.
Ko‘p sonli qora dog‘lar baliqning tovarlik ko‘rinishini buzadi.
Òashxis qora dog‘ va tugunaklarning borligiga qarab qo‘-
yiladi. Òugunaklardan namuna olib mikroskopda tekshiriladi va
metatserkariylarni topib tashxis qo‘yiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling