Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan
invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini
ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish
mumkin. Kasallikka zog‘orabaliq, cho‘rtanbaliq, sudak, yelim-
baliq, gustera, gulmohi, karas, pelyad, oq amur, peshanado‘ng
va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha
yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim
darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbayi — bu metatserka-
riylar bilan zararlangan baliqlar, serkariylari bor molluskalar.
Diplostomozning tarqalishida asosiy rolni bir suv havzasidan
ikkinchisiga o‘tganda suvning ifloslanishiga olib keluvchi baliq-
xo‘r parrandalar o‘ynaydi. Serkariylar bilan zararlangan mol-
luskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalariga suzib borib,
u yerni ham zararlashi mumkin. Kasallik, asosan, bahor-yoz
oylarida kuzatiladi. Zararlanish 5—6-kunlarda sodir bo‘ladi.
Klinik belgilar. Lichinkalari baliqlar ko‘zining xrustalida
parazitlik qilishi natijasida unda yallig‘lanish jarayoni kechib, uning
xiralashuviga, ko‘zning ichki kamerasida yorug‘lik borishining
qiyinlashuviga, ohak moddasining yig‘ilib qolishiga, xiralashuv
va unda oq-sut rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning
oldingi kamerasida ekssudat yig‘ilib qoladi, uning bosimi ostida
esa ko‘zning shox pardasi qayrilib ko‘z chaqchayishining kelib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan muguz pardaning shakli


172
o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib
qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va
nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan iste’mol qilinadi.
Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Kasallik-
ning o‘tkir oqimi, asosan, yosh baliqlarda kuzatiladi. Ularda
serkariylarning MNSda kirib qolishi va harakati natijasida, nerv
markazlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Serkariylar teri
qatlami orqali organizmga kirib qolishi oqibatida, teri qatlamining
jarohatlanishi, ayrim joylarining qorayib qolishi, qon quyilishi,
umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga olib keladi. Baliqlarning
harakatida o‘zgarish namoyon bo‘ladi, ular tez va pala-partish
suzadi, suv ostiga sho‘ng‘ib ketadi, tezda suv yuzasiga suzib chiqib,
suvdan o‘zini otadi. Zog‘orabaliq lichinkalarining nobud bo‘-
lishi ular organizmiga 5—7 ta serkariylarning kirishi natijasida
kuzatiladi. Agarda serkariylar soni 10—12 ta bo‘lsa, o‘lim 70—
85 foizga yetadi. Har xil turdagi baliqlar serkariylarning orga-
nizmga kirishi turlicha reaksiya beradi. Masalan, gulmohi turidagi
baliqlarning lichinkalari uchun serkariylarning o‘ldiruvchi miq-
dori karp turidagilarga nisbatan ikki marotaba ko‘p bo‘lsa,
pelyadlar uchun 3—4 marotaba ko‘p miqdorni tashkil qiladi.
Kasallikning surunkali oqimi katta yoshdagi baliqlarda namo-
yon bo‘ladi. Yaqqol ko‘rinuvchi klinik belgilar kuzatilmaydi, bi-
roq muguz pardasiga o‘rnashib olgan serkariylarning ta’siri na-
tijasida ko‘rish qobiliyati qisman izdan chiqadi. Baliqlar yaxshi
oziqlansa-da, oriqlaydi, o‘sish, rivojlanishdan orqada qoladi, ular
ko‘proq suvning yuzasida suzib yurishi natijasida baliqxo‘r par-
randalarga yem bo‘lib qoladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling