Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Patogenezi. Metatserkariylar o‘zlarining so‘rg‘ichlari bilan
ko‘zning muguz pardasini jarohatlaydi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Muguz pardada ohak moddasining yig‘ilib qo- lishi uning xiralashuviga olib keladi. Ko‘rish funksiyasi qisman yoki butunlay buziladi. Òashxis. Ko‘zning muguz pardasining yallig‘lanishi, ko‘z chaqchayishi, shox pardasining xiralashuvi diplostomoz kasal- ligiga gumon qilishga asos bo‘la oladi. Yakuniy tashxis muguz 173 pardani ajratib olib mikroskopik tekshirishdan o‘tkazilib qo‘yi- ladi. Muguz parda ko‘zning shishasimon tanasidan ajratib olib buyum oynachasiga o‘tkaziladi, ikkinchi buyum oynasi bilan berkitib biroz eziladi (oq doiracha, halqacha hosil bo‘lguncha) va mikroskopning kichik obyektivida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Har xil turga mansub metatserkariy ulardagi quloqsimon o‘simta va ohaksimon tanachaga qarab aniqlanadi. Metatserkariylar, odatda, muguz pardaning periferiyasida joylashgan bo‘lib, ular- ning miqdori ayrim vaqtda yuzdan ortadi. Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Diplos- tomozni davolash choralari ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olish tadbirlari qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanish zanjirini uzishga qaratilishi lozim. Bu, asosan, suv havzalarida molluskalarni yo‘qotish orqali amalga oshiriladi. Nosog‘lom suv havzalarida baliqlarni ovlab bo‘lgach, yozda quritiladi, qishda esa muzlatiladi, bunda molluskalarning miqdori keskin kamayadi. Havzalar dezinvaziya qilinadi, buning uchun mis sulfati (0,002 g 1 l suvga), xlorli (0,05 g/l) va so‘ndirilgan ohak (2—3 g/l), 1% li ammiak selitrasi, 2% li osh tuzi eritmasi va molluskotsid preparati 5,4 di- xlorsalitsilanilid 1:500000 va 1:750000 nisbatda ishlatiladi. Mol- luskalarni yo‘qotishga suv havzalarida qora amur baliqlarini ko‘pay- tirish orqali ham erishiladi. Bu baliq molluskalarni iste’mol qilib, biologik zanjirni uzishga yordam beradi. Baliqxo‘r parrandalarning uyalarini yo‘qotish, ularni qo‘rqitish ham yaxshi samara beradi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling