Baliqchilik asoslari


Kasallikning klinik belgilari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Kasallikning klinik belgilari. Zararlangan baliqlarning terisi va
suzgichlari xiralashadi. Dastlab dog‘lar, keyinchalik esa epiteliy
hujayrasining to‘kilishi bilan kechuvchi och ko‘kimtir-kulrang
parda hosil bo‘ladi. Kasal baliqlar oriqlanadi, ko‘zlari ko‘z kosa-
siga kirgan. Suzgichlarining nuraro to‘qimasi buzilgan bo‘lib,
ulardan erkin osilib turgan nurlar qolgan. Kasallikning namoyon
bo‘lishidagi o‘ziga xosligi shundan iboratki, yanvar-fevral oylarida
suv havzalarining qirg‘oqlarida onda-sonda kasal baliqlar kelib
qoladi. Ular havoni yutadilar, tashqi taassurotlarga javob qay-
tarmaydilar, mart-aprel oylarida esa hovuz qirg‘oqlarida kasal
baliqlar soni tezda oshib, ommaviy xarakterga ega bo‘ladi. Agarda
davolash muolajalari olib borilmasa, suv havzalarining qirg‘oq-
larida muzlarning erib ketishidan so‘ng o‘lgan baliqlar to‘dasini
ko‘rish mumkin.
Patogenezi. Girodaktiluslar shilimshiq modda va to‘qima
hujayrasi bilan oziqlanadi, teri qatlamini jarohatlaydi, shikast-
laydi, suzgichlarni buzadi. Buning oqibatida shilimshiq hosil bo‘-
lish jarayoni buziladi va suzgichlarning shikastlangan uchastka-
larida turli xil zamburug‘lar va mikroorganizmlar o‘rnashib olib
patologik jarayonni yanada chuqurlashtiradi, oqibatda esa butun
organizmning funksiyasi izdan chiqadi. Kasal baliqlar o‘sishdan
qoladi. Qon tarkibida ham o‘zgarish kuzatiladi. Monotsit, polimorf
o‘zakli agronulotsitlar miqdori ko‘payadi, gemoglobin miqdori
16—18% ga kamayadi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi 1,5—2 marta
tezlashadi.
Òashxis epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar va skalpel
yordamida teri va suzgichlarning yuzasidan olingan shilimshiqni
mikroskopik tekshirish asosida qo‘yiladi. Olingan shilimshiq
namunasi buyum oynachasiga o‘tkaziladi, qoplag‘ich oyna bilan
yopib yoki kompressor usulida mikroskopning kichik yoki o‘rta
kattaligida tekshiriladi. Òopilgan gelmintlar miqdori sanaladi va
parazitning turigacha aniqlanadi.


169

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling