Baliqchilik asoslari
Oldini olish va qarshi kurashish
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Girodaktiloz
Oldini olish va qarshi kurashish. Kasal zog‘orabaliq lichin-
kalari (malki) davolanadi. Buning uchun vanna usuli qo‘llaniladi. 0,2% li ammiak eritmasida (2 ml nashatir spirti 1 litr suvga) 0,5—1 daqiqa davomida (suvning haroratiga bog‘liq holda) saq- lanadi. Osh tuzining 5% li eritmasini ishlatish mumkin. Malki- larni davolashda xlorofos eritmalari tavsiya etilgan (diptereks, neguvon). Dozasi 0,6—1,0 g/m 3 suvda, bunda suv almashuvi 48 soat davomida to‘xtatiladi. Pastki suv havzalariga invaziya kirib kelishining oldini olish maqsadida sharshara oldida baliq ushlovchi uskunalar, qum-toshli filtrlar o‘rnatiladi. Hovuzlarda zog‘orabaliq lichinkalarining intensiv o‘sishi uchun shart-sharoit yaratiladi, yosh baliqlarni o‘stiruvchi hovuzlar yaxshilab dezinfeksiyalanadi, quritiladi, hovuz ostidagi loyqalar yaxshilab shudgorlanadi, so‘ngra baliq lichinkalarini o‘tkazishdan 10—12 kun oldin suv bilan to‘ldiriladi. Bu muddatda nosog‘lom xo‘jaliklarda qishlagan daktilogirus tuxumlaridan chiqqan lichinkalar o‘ladi. Yosh malkilarni katta yoshdagi baliq va tovonbaliq turidagi baliqlar bilan birgalikda saqlamaslik, baliqlarni tashishda sanitar nazoratni o‘rnatmoq maqsadga muvofiqdir. Girodaktiloz — bu chuchuk suv baliqlarining invazion ka- salligi bo‘lib, Gyrodacthylidae oilasiga mansub monogenetik so‘rg‘ichli baliqlarning terisida, suzgichlarida, kamroq jabrasida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik teri va suzgich- larning nursizlanishi (xiralashuvi), dastlab dog‘lar, keyinchalik esa epiteliy hujayrasining tushishi bilan kechuvchi och ko‘kimtir- kulrang tusdagi pardaning (qobiqchaning) hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka ko‘proq karp turidagi baliqlar: zo- g‘orabaliq, sazan, tovonbaliq, gulmohi, oq amurlar moyil. Hovuzli xo‘jaliklarda ko‘proq girodaktiluslarning quyidagi turlari 167 uchraydi: zog‘orabaliq, sazan va tovonbaliqlarda — Gyrodacthylus katharineri, G.cyprini, G.elegans, oq amur baliqlarida — G.etenopharyngodonis, baliqlarda esa G.anguillae. Chuchuk suv baliqlarda jami bo‘lib 20 turdan ortiq girodaktiluslar parazitlik qiladi. Shulardan G.katharineri va G.cyprini eng xavflilari hi- soblanadi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling