Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
- Epizootologik ma’lumotlar.
Qo‘zg‘atuvchilari. Girodaktiluslar juda ham mayda, urchuq-
simon shakldagi parazitlar bo‘lib, uzunligi 0,2 mm dan 1,0 mm gacha. Parazitning bosh tomonida ikkita o‘simtasi bor. Ular- ning har qaysi birining uchida bosh bezlari joylashgan. Ko‘zlari yo‘q. Òananing dum (orqa) tomonida 2 ta o‘rtancha va 16 ta yon ilmoqchalari bilan qurollangan mustahkamlovchi disk joylash- gan. Parazit ular yordamida baliq terisida yopishib turadi. Og‘iz so‘rg‘ichi tananing oldingi qismida, qorin tomonda joylashgan. Og‘iz so‘rg‘ichidan so‘ng tomoq, undan esa ikkita ichaklari hosil bo‘ladi. Ichaklarning uchi berk. Òuxumdon va urug‘donlar tananing o‘rta qismini egallagan. Ularning orqasida esa jinsiy te- shik ochiladi. Rivojlanishi. Girodaktiluslar tirik tug‘uvchi parazitlardir, to‘liq shakllangan yosh girodaktiluslarni tug‘adi. Girodaktiluslarning kurtak, pusht xaltasida qizlik girodaktiluslar hosil bo‘ladi, ularda ham tug‘ishidan oldin kurtaklar, pushtchalar yuzaga keladi. Bu jarayon parazitning butun hayoti davomida takrorlanadi. Giro- daktiluslarning yashash muddati 12—15 kunni tashkil qiladi. Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik zog‘orabaliqchilik min- taqalarida qayd etilgan. Sobiq Ittifoqning shimoliy rayonlarida kasallikni epizootik ko‘rinishi kuzatilmagan. Kasallik qishlovchi hovuzlarda ko‘proq mart-aprel oylarida kuzatilib, epizootik ko‘rinishda kechadi. Invaziyaning eng ko‘p rivojlanishi bahorda havo isiy boshlagan vaqtda namoyon bo‘ladi. Asosan, zog‘ora- baliq, sazan va ularning gibridlari hamda karp turidagi baliq- larning segoletkalari va oq amurlarning yoshlari kasallanadi. Biroq girodaktiluslar bilan baliqlarning malkilari (chavoqlari) va yoshi katta baliqlar ham zararlanadi, lekin ularda invaziya- ning jadalligi past bo‘lib, ular parazit tashuvchi bo‘lib xizmat 168 qiladi. Zararlanish darajasi 85—100% gacha yetib, invaziyaning jadalligi 75—100 donani tashkil qilishi mumkin. Ahamiyatli o‘lim kuzatilishi (50% va undan yuqori) mumkin. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling