Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik karpchilik, ya’ni zo-
g‘orabaliq turidagi baliqlarni ko‘paytiruvchi xo‘jaliklarda, ay-
niqsa, janubiy hududlarda keng tarqalgan. Qo‘zg‘atuvchi barcha
yoshdagi sazan, ularning gibridlari va tovonbaliq turidagi baliqlarda
parazitlik qiladi. Yosh baliqlar o‘ta og‘ir kasallanadi, epizootik
holat va baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishini keltirib
chiqarishi mumkin. Katta yoshdagi baliqlar kasallikka unchalik
moyil emas, ular parazit tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik
ko‘proq yozda — iyun-iyul oylarida namoyon bo‘ladi. Lichinkalar
8—10 kunligidan boshlab zararlanadi. Invaziyaning ekstensiv va


165
intensivligi sekinlik bilan oshib, yoz o‘rtalariga kelib 85—100% ga
yetadi. Bunda 60—70% malkilarning (lichinka) nobud bo‘lishi
kuzatiladi. Kuzga kelib o‘lim to‘xtaydi. Invaziyaning manbayi —
katta yoshdagi baliqlar va parazit tashuvchi tovonbaliqlar. Ular,
ayniqsa, katta yoshdagi baliqlar bilan birga yosh o‘stiruvchi ba-
liqlar saqlanayotgan hovuzlarda ancha xavflidir. Bir suv havza-
sidan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchi zararlangan baliqlar orqali
o‘tishi mumkin. Pastki suv havzalariga daktilogirus tuxumlari va
lichinkalari suv oqimi bilan kelishi mumkin. Òuxumlar qishda
qishlab, kelgusi yili bahorda undan lichinka chiqib baliqlarni
zararlantirish qobiliyatiga ega.
Klinik belgilari. Zararlangan malkilar bezovtalanadi, suv
oqimiga to‘planishadi, guruhlab suv yuzasiga chiqib havoni yutadi.
Kasallikning avj olishi juda ham tez boradi.
Dastlab ayrim kasal malkilar ko‘zga tashlansa, bir necha kun
o‘tgach ularning ommaviy ravishda zararlanganligi va o‘limi
kuzatiladi. Kuchli invaziyalangan baliqlar suv qirg‘oqlarida suzib
yuradi, ularni ushlash juda ham oson. Baliqlar oriqlangan, jabrasi
shilimshiq modda bilan qoplangan bo‘lib, oqimtir tusda (ane-
miya). Zararlangan uchastkalarga parazit zamburug‘lar o‘rna-
shib oladi, jabra to‘qimasining nekrotik parchalanishi tezlashadi.
Jabra bo‘laklardagi epiteliyning o‘sishi va o‘lgan to‘qimalarning
quruqlanib qolishi xarakterlidir.
Patogenez. Daktilogiruslarning patogenli ta’siri, asosan, jabra
apparati funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. Jarohat-
langan jabra bo‘lakchalari yemiriladi. Epiteliy va biriktiruvchi
to‘qimaning o‘sishi oqibatida jabra bo‘lakchalari o‘zaro bir-bi-
riga o‘sib plastinkani hosil qiladi. Jabra to‘qimasidagi qon kapil-
larlari epitelial hujayra qatlamini to‘sishi natijasida tashqi muhit
bilan bog‘lanishi chegaralanadi, natijada gaz almashuvi va qon
aylanishi buziladi. Kasal baliqlarning qondagi gemoglobin miq-
dori kamayadi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi oshadi.
Òashxis kompleks usulda o‘tkaziladi: epizootologik ma’lu-
motlar inobatga olinishi kerak, kasallik klinik belgilariga qarab va
mikroskopik tekshiruv asosida o‘tkaziladi. Jabra bo‘lakchalari,


166
undagi va teri yuzasidagi shilliq modda mikroskopda tekshiri-
ladi. Kasal va o‘lgan baliqlar ovlanadi, ushlab, ularning jabrasidan
namuna olinib buyum oynachasiga o‘tkaziladi, ikkinchi buyum
oynachasi bilan yopib (kompressor usuli) mikroskopning o‘rta
kattaligida tekshiriladi. Daktilogiruslar soni va turi aniqlanadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling