Baliqchilik asoslari


Patologoanatomik o‘zgarishlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning boshlang‘ich
davrida yorib ko‘rilgan baliqlarning zararlangan organlarida yal-
lig‘lanish kuzatiladi, keyinchalik esa patologik jarayonning pro-
gressiv rivojlanishi oqibatida organlarning hajmi kattalashadi.


162
Masalan, yurak normaga nisbatan 2,5 marotaba, jigar esa hatto
10 marotabagacha kattalashganligini ko‘ramiz, so‘ngra esa
degenerativ jarayonlarning rivojlanishi oqibatida zararlangan
organlarning hajmi ancha kichrayadi. Bunda yurakning devori
qattiq, ushlab ko‘rilganda g‘adir-budur bo‘ladi.
Parenximatoz organlarda, mushaklarda, teriosti biriktiruvchi
to‘qimada yumaloq yoki noaniq shaklga ega bo‘lgan jigarrang
tusdagi donachalarni uchratish mumkin. Ba’zan qobig‘i yoril-
gan sistalarni ham uchratamiz. Jigar va qorin devorining ichki
qatlamida donachalar (donador tuzilishga ega) turli rivojlanish
bosqichidagi tuxumdonni eslatadi.
Òashxis kompleks ravishda: epizootologik ma’lumotlar, kli-
nik belgilar, patanatomik o‘zgarishlar hamda mikroskopik va
mikologik tekshiruv natijasi asosida qo‘yiladi. Mikroskopik tek-
shiruvda zararlangan organda zamburug‘lar yaxshi ko‘rinadi,
uning biriktiruvchi kapsula bilan o‘ralgan yumaloq tanasini tezda
va oson topishimiz mumkin.
Mikologik tekshirishda zararlangan organlardan birlamchi
posevlar, ekib-o‘stirib ko‘rish jelatina yoki bulyonda o‘tkaziladi.
Sun’iy oziqaviy muhitlarga — jelatina, MPB, 1% li qoramol zar-
dobi quyilgan agarda zamburug‘lar yaxshi o‘sadi, yumaloq
tanachani hosil qiladi, ulardan esa giflar tarmoqlanadi.
Davolash usullari ishlab chiqilmagan.
Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Ixtiosporidioz kelib
chiqqan paytda, birinchi navbatda, uning boshqa suv havzalarida
tarqalib ketmaslik choralarini ko‘rish zarur hamda infeksiya
manbayini yo‘qotishga qaratilishi lozim. Buning uchun nosog‘-
lom xo‘jaliklarda karantin o‘rnatiladi. Nosog‘lom xo‘jaliklarning
suvlarida erkin xlor konsentratsiyasi 5—8 mg/l atrofida yaratiladi,
suv havzalarining, hovuzlarning ostidagi loyqalar xlorli yoki
so‘ndirilmagan ohak bilan dezinfeksiya qilinadi (25—30 s/ga) va
quritiladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling