Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
Klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari turli-tuman bo‘lib,
u yoki bu organ-to‘qimalarning hamda butun organizmning xususiyati va zararlanish darajasiga bog‘liq. Masalan, MNSning intensiv ravishda zararlanishi oqibatida baliqlarda harakat koor- dinatsiyasining buzilishi kabi xarakterli belgilar kuzatiladi. Kasal baliqlarda normal harakatlanish qobiliyati yo‘qoladi, ularda 161 ishonchsizlik kuzatiladi, holsizlanib sohillarda suzib yuradi, mast- likka o‘xshash qaltiroq harakat namoyon bo‘ladi. Kasallikning dastlabki nomi ham shundan kelib chiqqan. Jabra apparatining zamburug‘lar bilan kuchli zararlanishi oqibatida baliqlarning tashqi ko‘rinishi sog‘lomlarnikidan farq qilmasa-da, bexosdan, birdan o‘lib, nobud bo‘lib qoladi (kislo- rod yetishmasligi natijasida). Buyrak va jigarda ko‘p miqdorda plazmodiylarning bo‘lishi esa baliqlarda ko‘r bo‘lish, tana tangachalarning quruqlashib qolishi va ajralishi hamda tana bo‘sh- liqlarida ekssudatlarning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Suzgich pufagining zararlanishi oqibatida esa gidrostatik muvozanat buziladi, baliqlar suv havzalarining ostiga yotib qoladi. Zamburug‘larning mushaklarda va teri qatlamida parazitlik qilishi natijasida esa umu- miy kuchsizlanish kuzatilib, tananing turli qismlarida yaralar hosil bo‘ladi, ularda saprofit mikrob va zamburug‘larning rivojlanishi natijasida jarayon avj olib murakkablashadi. Kasallikning klinik ko‘rinishidan qat’i nazar baliqlar oziqa qabul qilmaydi, oriq- lanadi, ikkilamchi infeksiyalarga beriluvchan bo‘lib qoladi. Patogenezi. Qon oqimi bilan parenximatoz organlari va nerv to‘qimalariga yetkazilgan parazitlar hujayralararo bo‘shliqlarda joylashib olishi oqibatida atrofdagi to‘qimalar tomonidan keskin ravishda javob reaksiyasiga olib keladi, natijada plazmodiylar atrofida mayda hujayralardan iborat infiltrat hosil bo‘ladi, so‘ngra esa tipik granulatsion to‘qima o‘rab oladi, bu keyinchalik chokka aylanadi. Chokka aylangan tugunchalar parazitlarning koloniya- larini saqlaydi, ularning kattaligi no‘xat doni kattaligicha bo‘lib, atrofdagi to‘qimalardan oqish yoki jigarrang bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ushbu tugunchalar atrofidagi to‘qimalarning surilishi, ezilishi oqibatida ularning degeneratsiyasi kuzatiladi. Natijada u yoki bu organ va to‘qimalarning funksiyasi buziladi va kasallikka xos bo‘lgan belgilar namoyon bo‘ladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling