Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Bronxiomikoz qo‘zg‘atuvchisi
tabiatda keng tarqalgan. Biroq bu kasallikning epizootiya va en-
zootiya ko‘rinishi tabiiy suv havzalarida qayd qilinmaydi. Kasal-


156
lik, asosan, sun’iy suv havzalarida urchitilayotgan baliqlar
orasida kelib chiqadi, agarda bunday suv havzalarida qo‘zg‘a-
tuvchining rivojlanishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘lsa, bular,
birinchidan, hovuz va suv havzalari antisanitariya holatida va
veterinariya-sanitariya madaniyati juda ham past darajada bo‘l-
ganida kelib chiqadi.
Kasallikning epizootiya va enzootiya ko‘rinishi yozda, suv-
ning harorati +22+25 °C bo‘lganida kuzatiladi. Kasallikka zo-
g‘orabaliq, sazan va ularning gibridlari, tovonbaliq, qushbaliq,
lin va cho‘rtanbaliqlar moyil. Yuqorida ko‘rsatilgan baliqlarning
barcha yoshdagilari kasallikka moyil, biroq 1—2 yoshdagilari
ko‘proq zararlanadi. Kasallik ularda og‘ir ko‘rinishda kechib, o‘lim
46—71% ni tashkil qiladi. Infeksiyaning asosiy manbayi — bu
kasal baliqlar, kasallikdan o‘lgan baliqlarning jasadlari va parazit
tashuvchi baliqlardir. Zararlanish hovuzdagi balchiqlar orqali
amalga oshadi. Bir suv havzalaridan ikkinchisiga qo‘zg‘atuvchilar
kasal baliqlar orqali yoki kasallanib sog‘aygan baliqlar orqali,
yoinki nosog‘lom xo‘jaliklarning suvlari orqali tarqaladi. Kasal-
likning kelib chiqishi va avj olishiga baliqlarni to‘yimsiz oziqalar
bilan oziqlantirish, suv oqimining pastligi, suv kamligi va suv
havzalarining haddan tashqari organik moddalar bilan iflos-
langanligi ham ancha yordam beradi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallik juda ham og‘ir kechadi.
Kasallikning epizootik ko‘rinishi ko‘proq yozda kuzatilib, tashqi
muhitning haroratiga bog‘liq holda 5—12 kun davom etadi, ya’ni
o‘tkir oqimi namoyon bo‘ladi. Kasallikning boshida Branchiomyces
sanguinis zamburug‘i jabra bo‘lmalarining qon tomirlariga kirib
olganida nuqtasimon qon quyilishlar kuzatiladi, so‘ngra zam-
burug‘ning giflari jabra qon tomirining ichida o‘sishi oqibatida
uning to‘lishi (parazitar emboliya) va qon aylanishning buzili-
shiga olib keladi, natijada jabra to‘qimasi ayrim qismlarining qon
bilan ta’minlanishi yomonlashadi, oqarib qoladi. Ayrim qismlari
esa o‘ladi (nobud bo‘ladi) va jabraning burchaklari notekis bo‘lib
qoladi. Jabraning boshqa qismlari qonning qon tomirlarda yig‘ilib
qolishi oqibatida ko‘kimtir tusga kirib oladi.


157
Kasal baliqlar oziqa qabul qilmaydi, tashqi muhit taassurot-
lariga javob qaytarilishi keskin pasayadi yoki umuman javob
qaytarmaydi, suvning yuzasiga suzib chiqadi, biroq havoni qabul
qilmaydi, bunda baliqlarni qo‘l bilan ushlash juda ham oson.
Kuchli zararlangan baliqlar yonboshiga yotib, shu holatda no-
bud bo‘ladi. Chiqim 50—70% ga yetadi. O‘lmay qolgan baliqlarda
esa kasallik yarim o‘tkir yoki surunkali oqimga o‘tib oladi. Kasal-
lanib sog‘aygan baliqlarning jabrasi xuddi yeyilganga o‘xshaydi.
Uning tiklanishi yillab davom etadi.
Patogenezi. Zamburug‘ning o‘sgan giflari qon tomir ichini
berkitadi, natijada to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi va kis-
lorod almashinuvi buziladi, nekrozga uchragan jabra to‘qima-
lari yemiriladi va ikkilamchi saprofit mikroblar va zamburug‘lar-
ning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘iladi. Zamburug‘ning
giflari barcha ichki parenximatoz organlarda, jumladan, qon hosil
qiluvchi organlarning qon tomiriga kirib olib o‘sishi oqibatida
kasallikning kechishi yana ham avj olib, baliqlarning nobud bo‘-
lishiga olib keladi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling