Baliqchilik asoslari


Karp turidagi baliqlarning psevdomonozi (qizamiqqa o‘x-


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Karp turidagi baliqlarning psevdomonozi (qizamiqqa o‘x-
shash) — bu baliqlarning infeksion kasalligi bo‘lib, kasallik
ommaviy septik jarayonning rivojlanishi, umumiy suv to‘pla-
nishi, tangachalarning to‘kilishi, teri va suzgichlarda manbali qon
quyilish bilan xarakterlanadi.
Kasallik Xitoy, Isroil, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa davlatla-
rining suv havzalarida uchraydi. Sobiq Ittifoqda o‘tgan asrning
60-yillarida zog‘orabaliq, tovonbaliq va peshanado‘ngbaliqlar-
ning bir yoshdagilari (segoletka) hamda qishlovchi standartga ja-
vob bermaydigan 2 yoshli zog‘orabaliqlar orasida qayd etilgan.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — pseudomonas avlodiga mansub
bakteriyalar: Pseudomonas cyprinisepticum nov. species va
P.capsulata, P.cyprinisepticum — harakatchan, monotrixial, gram-
manfiy tayoqcha bo‘lib, uzunligi 1—2 mkm, eni esa 0,5—0,7 mkm,
spora hosil qilmaydi, qonda kapsula hosil qiladi. Go‘sht (baliq)-
peptonli bulyonda (pH 7,2—7,4) qo‘zg‘atuvchi muhitning biroz
(yengil) xiralashuvini qo‘zg‘atishda to‘lqin va ahamiyatsiz
cho‘kmani ko‘rish mumkin. Go‘sht-peptonli agarda (MPA)


152
o‘sishi o‘rtacha (mo‘tadil), birinchi sutkada hosil qilgan
koloniyasi rosinchatli, 2—3-sutkalarda koloniyalar diametri
1,5—2 mm ga yetib, yarimtiniq, yon chetlari do‘mboq va yuzasi
silliq bo‘ladi.
Qattiq oziqaviy muhitda bakteriyalar sarg‘ish-yashil fluo-
ressensiyalanuvchi pigmentni hosil qiladi. Suyuq oziqaviy mu-
hitda pigment hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi.
Bakteriya glukoza, laktoza, manit, saxaroza, maltoza, glitserin,
rafinozalarni fermentlantirmaydi, indol va serovodorod hosil
qilmaydi, jelatinani kosachasi, keyinchalik esa qatlami bilan
yondiradi, lakmusli sutda o‘zgarmaydi, oziqaviy muhitda o‘sish-
ning optimal harorati 25 °C, kulturalarni 3% li MPAda 3—5 °C
haroratda saqlash mumkin.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling