152
o‘sishi o‘rtacha (mo‘tadil), birinchi
sutkada hosil qilgan
koloniyasi rosinchatli, 2—3-sutkalarda
koloniyalar diametri
1,5—2 mm ga yetib, yarimtiniq, yon chetlari do‘mboq va yuzasi
silliq bo‘ladi.
Qattiq oziqaviy muhitda bakteriyalar sarg‘ish-yashil fluo-
ressensiyalanuvchi pigmentni hosil qiladi. Suyuq oziqaviy mu-
hitda pigment hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan boradi.
Bakteriya glukoza, laktoza, manit, saxaroza, maltoza, glitserin,
rafinozalarni fermentlantirmaydi,
indol va serovodorod hosil
qilmaydi,
jelatinani kosachasi, keyinchalik
esa qatlami bilan
yondiradi, lakmusli sutda o‘zgarmaydi, oziqaviy muhitda o‘sish-
ning optimal harorati 25 °C, kulturalarni 3% li MPAda 3—5 °C
haroratda saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: