Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka zog‘orabaliq turidagi
baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining
oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori cho‘qqisiga yetib, kuzda
kelib kamayib boradi. Ko‘pincha 2—3 yoshdagi baliqlar kasal-


149
lanadi. Kasallik manbayi bu kasal baliqlar, ular ajratayotgan
chiqindilar, o‘lgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sog‘lom ba-
liqlardir. Suv havzalarida qo‘zg‘atuvchi suv orqali, kasal baliqlar
orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiri-
tiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali
qo‘zg‘atuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sog‘aygan
baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil bo‘ladi.
Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 2—
30 kun. O‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O‘t-
kir oqimida terining ayrim uchastkalari yoki butunlay barcha
qismi gemorragik yallig‘lanadi, qorin bo‘shlig‘ida suv to‘pla-
nadi (âîäÿíêà), ko‘zlari ko‘r bo‘ladi, teridagi tangachalarning
to‘kilishi kuzatiladi. Kasal baliqlar kam harakatlanadi, suvning
yuzasida, sohilga yaqin joylarda suzib yuradi, tashqi muhit
taassurotlariga javob berishi sekinlashgan yoki umuman javob
bermaydi, so‘ngra harakat koordinatsiyasining buzilishi kuzati-
lib, 2—4 haftadan so‘ng nobud bo‘ladi.
Yarim o‘tkir oqimida esa qorinda birdan suvning to‘planib
qolishi, tangachalarning to‘kilishi, ko‘r bo‘lish, assit va turli
hajmdagi yaralar bilan xarakterlanadi. Yaralar qizil tusda, ba’zan
yaralarda yiringli jarayonlarning rivojlanishi oqibatida mushak
to‘qimasining nekrozi kuzatilishi mumkin. Ba’zan esa suzgich-
larning nekrozi namoyon bo‘ladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimi
1,5—3 oy davom etadi. Surunkali oqimida terida va suzgichlarda
ochiq yaralar hosil bo‘ladi, yaralar tuzalgach, uning o‘rniga
ko‘kimtir-yashil tusdagi biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Ka-
sallik 1,5—2,5 oy davom etib, tuzalish bilan tugaydi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling