Baliqchilik asoslari
Epizootologik ma’lumotlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning klinik belgilari.
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallikka zog‘orabaliq turidagi
baliqlar, sazan, ularning gibridlari moyil. Kasallik bahor faslining oxiridan boshlab yoz oylarida eng yuqori cho‘qqisiga yetib, kuzda kelib kamayib boradi. Ko‘pincha 2—3 yoshdagi baliqlar kasal- 149 lanadi. Kasallik manbayi bu kasal baliqlar, ular ajratayotgan chiqindilar, o‘lgan baliqlar, infeksiyani tashuvchi sog‘lom ba- liqlardir. Suv havzalarida qo‘zg‘atuvchi suv orqali, kasal baliqlar orqali hamda ovda ishlatiladigan asbob-uskunalar orqali kiri- tiladi. Baliqlarda viruslar shikastlangan teri orqali, jabrasi orqali qo‘zg‘atuvchi kirib kasallikni chaqiradi. Kasallanib sog‘aygan baliqlar organizmida nisbiy immunitet hosil bo‘ladi. Kasallikning klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 2— 30 kun. O‘tkir, yarim o‘tkir va surunkali oqimlarda kechadi. O‘t- kir oqimida terining ayrim uchastkalari yoki butunlay barcha qismi gemorragik yallig‘lanadi, qorin bo‘shlig‘ida suv to‘pla- nadi (âîäÿíêà), ko‘zlari ko‘r bo‘ladi, teridagi tangachalarning to‘kilishi kuzatiladi. Kasal baliqlar kam harakatlanadi, suvning yuzasida, sohilga yaqin joylarda suzib yuradi, tashqi muhit taassurotlariga javob berishi sekinlashgan yoki umuman javob bermaydi, so‘ngra harakat koordinatsiyasining buzilishi kuzati- lib, 2—4 haftadan so‘ng nobud bo‘ladi. Yarim o‘tkir oqimida esa qorinda birdan suvning to‘planib qolishi, tangachalarning to‘kilishi, ko‘r bo‘lish, assit va turli hajmdagi yaralar bilan xarakterlanadi. Yaralar qizil tusda, ba’zan yaralarda yiringli jarayonlarning rivojlanishi oqibatida mushak to‘qimasining nekrozi kuzatilishi mumkin. Ba’zan esa suzgich- larning nekrozi namoyon bo‘ladi. Kasallikning yarim o‘tkir oqimi 1,5—3 oy davom etadi. Surunkali oqimida terida va suzgichlarda ochiq yaralar hosil bo‘ladi, yaralar tuzalgach, uning o‘rniga ko‘kimtir-yashil tusdagi biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Ka- sallik 1,5—2,5 oy davom etib, tuzalish bilan tugaydi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling