Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

Patanatomik o‘zgarishlar. Nobud bo‘lgan baliqlar jasadlarining
yorib ko‘rilishi va jabradan tayyorlangan gistologik namunalar
(srez) tekshirilganda zamburug‘larning giflari va sporalari yaxshi
ko‘rinadi. Qon tomirlar giperemiyalashgan, zamburug‘ giflari bilan
to‘lib qolgan, respirator qatlamlardagi qon tomirlar kolbasimon
kengaygan, uning devorlari va epitelial to‘qimasi yorilgan. Pa-
renximatoz organlarning to‘qimalari qon bilan to‘lgan, yog‘ va
glikogenning qatlami yupqa.
Òashxis kompleks usulda: epizootologik ma’lumotlar inobatga
olinishi kerak, klinik belgilariga qarab va kasallikdan o‘lgan baliq
jabrasini mikroskopik tekshiruvdan o‘tkazib, zamburug‘ giflari va
sporalarini topish asosida qo‘yiladi. Bronxiomikozni baliqlar-
ning «zamor» kasalligidan farq qilish kerak. Bronxiomikozda ka-
sal baliqlarning boshi suv ostiga qaratilgan bo‘ladi.
Davolash usullari ishlab chiqilmagan.
Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Bronxiomikoz kasalligi kelib chiqqanda butun kompleksga


158
epizootiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish kerak. Birinchi
navbatda, baliqlarni saqlashning zoogigiyenik sharoitlarini yax-
shilash, suv oqimini tezlashtirish, suvni kislorod bilan boyitish,
bronxiomikozga chalingan baliqlarni muntazam ravishda ovlab,
ayniqsa, kasallikdan o‘lgan baliq jasadlarini ovlab, agarda tovarlik
ko‘rinishi buzilmagan bo‘lsa, iste’molga chiqarish, kuchli oriq-
langan baliqlarni esa termik ishlovdan so‘ng hayvon va parranda-
larga yedirish tavsiya etiladi.
Kasallik tarqalib ketmasligi uchun baliqlar harakatini cheklash,
kasal baliqlarni ovlashda ishlatilgan barcha inventarlar 2% li
formalin eritmasida bir soat davomida dezinfeksiyalanadi yoki
idishlarga solib 30 daqiqa davomida qaynatiladi, yog‘och va
metallardan tayyorlangan asbob-uskunalarni olovda kuydirib oladi.
Nefromikoz — ham zog‘orabaliq va tovonbaliq turidagi ba-
liqlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, baliq buyraklarining ipsimon
zamburug‘lar bilan zararlanishi oqibatida kelib chiqib, kasal
baliqlarning ommaviy ravishda nobud bo‘lishi bilan xarakter-
lanadi. Bu zamburug‘ Nephromyces avlodiga kiradi. Kasallik ilk
marotaba XX asrning boshlarida 5—6 yoshdagi tovonbaliq tu-
ridagi baliqlarda, keyinchalik karp turidagi baliqlarda G‘arbiy
Yevropa davlatlaridagi suv havzalarida topilgan. Bizda bu kasal-
lik uchramaydi, biroq boshqa davlatlardan kelib qolish xavfi bor,
shuning uchun ham asosiy e’tiborni respublikamizga infeksiya
kirib kelishining oldini olishga qaratmog‘imiz lozim.
Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi — ipsimon shakldagi Nephromyces
avlodiga mansub Nephromyces piscium (plehn) turidagi zam-
burug‘ hisoblanadi. Zamburug‘ning giflari (mitseliy) kuchli
shoxlangan bo‘lib, eni 1,5—3 mkm. Baliq bulyonidan tayyor-
langan jelatina oziqaviy muhitda yaxshi o‘sadi.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling