Baliqchilik asoslari
Patologoanatomik o‘zgarishlar
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davolash
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning boshlang‘ich
davrida yorib ko‘rilgan baliqlarning zararlangan organlarida yal- lig‘lanish kuzatiladi, keyinchalik esa patologik jarayonning pro- gressiv rivojlanishi oqibatida organlarning hajmi kattalashadi. 162 Masalan, yurak normaga nisbatan 2,5 marotaba, jigar esa hatto 10 marotabagacha kattalashganligini ko‘ramiz, so‘ngra esa degenerativ jarayonlarning rivojlanishi oqibatida zararlangan organlarning hajmi ancha kichrayadi. Bunda yurakning devori qattiq, ushlab ko‘rilganda g‘adir-budur bo‘ladi. Parenximatoz organlarda, mushaklarda, teriosti biriktiruvchi to‘qimada yumaloq yoki noaniq shaklga ega bo‘lgan jigarrang tusdagi donachalarni uchratish mumkin. Ba’zan qobig‘i yoril- gan sistalarni ham uchratamiz. Jigar va qorin devorining ichki qatlamida donachalar (donador tuzilishga ega) turli rivojlanish bosqichidagi tuxumdonni eslatadi. Òashxis kompleks ravishda: epizootologik ma’lumotlar, kli- nik belgilar, patanatomik o‘zgarishlar hamda mikroskopik va mikologik tekshiruv natijasi asosida qo‘yiladi. Mikroskopik tek- shiruvda zararlangan organda zamburug‘lar yaxshi ko‘rinadi, uning biriktiruvchi kapsula bilan o‘ralgan yumaloq tanasini tezda va oson topishimiz mumkin. Mikologik tekshirishda zararlangan organlardan birlamchi posevlar, ekib-o‘stirib ko‘rish jelatina yoki bulyonda o‘tkaziladi. Sun’iy oziqaviy muhitlarga — jelatina, MPB, 1% li qoramol zar- dobi quyilgan agarda zamburug‘lar yaxshi o‘sadi, yumaloq tanachani hosil qiladi, ulardan esa giflar tarmoqlanadi. Davolash usullari ishlab chiqilmagan. Oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Ixtiosporidioz kelib chiqqan paytda, birinchi navbatda, uning boshqa suv havzalarida tarqalib ketmaslik choralarini ko‘rish zarur hamda infeksiya manbayini yo‘qotishga qaratilishi lozim. Buning uchun nosog‘- lom xo‘jaliklarda karantin o‘rnatiladi. Nosog‘lom xo‘jaliklarning suvlarida erkin xlor konsentratsiyasi 5—8 mg/l atrofida yaratiladi, suv havzalarining, hovuzlarning ostidagi loyqalar xlorli yoki so‘ndirilmagan ohak bilan dezinfeksiya qilinadi (25—30 s/ga) va quritiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling