Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Òashxis
- Qo‘zg‘atuvchisi
- Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi
Klinik belgilari. Kasallikning klinik belgilari invaziyaning
intensivligiga bog‘liq. Baliqlar kuchli invaziyalanganlarida ular- ning suzish mexanizmlari izdan chiqadi, kamroq suv bo‘lgan joylarda, sohillarda to‘planib qolishadi. Ko‘proq suvning yuzasida yon boshi bilan yoki orqasi bilan suzib yuradi. Suvning kuchli to‘lqinlariga dosh berolmaydi, o‘simlik, qamishlar o‘sgan joylarga kelib qoladi. Baliqlarning, qorni shishadi, ba’zan esa qorin devori yorilishi oqibatida nobud bo‘ladi. 181 Òashxis parazitologik yorib ko‘rilib, qo‘zg‘atuvchilarni topish asosida qo‘yiladi. Davolash, oldini olish va qarshi kurashish. Davolash usullari ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini olishda baliqxo‘r par- randalarni qo‘rqitish, uyalarini yo‘qotish, yig‘ilib qolgan kasal baliqlarni ovlab yo‘qotish hamda nosog‘lom xo‘jaliklarda sudak, cho‘rtan kabi baliq turlarini urchitish maqsadga muvofiq. Chunki bu baliqlar ligulozga chalinmaydi. Digrammoz — bu baliqlarning invazion kasalligi bo‘lib, u Ligulidae oilasi, Digramma avlodiga mansub Digramma interrupta tasmali sestodalarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qilishi oqiba- tida qo‘zg‘atilib, ichki organlar funksiyasining buzilishi bilan xa- rakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchisi o‘zining morfologik tuzilishi jihatdan xuddi Ligula intestinalis ga o‘xshash, lekin strobilasining ventral yuzasida ikkita jo‘yagi (chuqurchasi) (jinsiy komplektlarning teshigi ochil- gan joy) mavjud. Jinsiy voyaga yetgan parazitlarning tanasi soxta bo‘g‘inlarga bo‘lingan bo‘lib, 25—40 tagacha bo‘lishi mumkin. Para- zitning tana uzunligi 10—120 sm, eni esa 0,7—1,6 sm ga teng. Qo‘zg‘atuvchining biologik rivojlanishi xuddi ligulalarga o‘xshash bo‘lib, oraliq xo‘jayinlar — sikloplar va diaptomuslar ishtirokida kechadi. Jinsiy voyaga yetgan parazit baliqxo‘r par- randalarning ichagida rivojlanadi. Lichinkasi — protserkoidlar — sikloplarda rivojlanadi, plerotserkoidlar esa leshch, karas, golyan, ko‘kbo‘yin, ola peshanado‘ng va oq amur baliqlarning qorin bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling