Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI 73 VI bob. BALIQLARNI OZIQLANÒIRISH
Amudaryo gulmohi (Salmo trutta oxianus) — losossimonlar
oilasining kenja turlaridan biri, asl lososslar urug‘iga mansub. Bu gulmohi Amudaryoning yuqori oqimidagi Qizilsuv, Kofirnixon, Surxondaryo havzalarida tarqalgan, suvi tiniq, sovuq, kislorodga boy bo‘lgan tog‘ soylari va ariqlarda yashaydi. Asl lososslar urug‘ining mayda vakillaridan biri, odatda, bo‘yi 20 sm va undan biroz oshiqroq bo‘ladi. Amudaryo gulmohi, asosan, hasharotlarning suvda yashay- digan lichinkalari bilan oziqlanadi. Òo‘rt yoshida voyaga yetadi, sentabrda tog‘ soylarining manbayiga borib, 350 tacha, boshqa lososslarnikiga o‘xshash yirik uvuldiriq tashlaydi. Soni kamligidan bu gulmohining iqtisodiy ahamiyati ham aytarli katta emas. 1. Asosiy baliq turlariga qaysilar kiradi? 2. Qo‘shimcha baliq turlarini sanab bering. 3. Qaysi baliq turi issiqsevar bo‘ladi va nima uchun? 25-rasm. Amudaryo gulmohi. NAZORAT SAVOLLARI ? 73 VI bob. BALIQLARNI OZIQLANÒIRISH Hovuz baliqchiligida baliqlarni oziqlantirish uchun 3 xil ozi- qalardan foydalaniladi: 1. Òabiiy oziqalar. 2. Qo‘shimcha oziqalar. 3. Me’yorlashtirilgan (balanslashtirilgan) oziqalar. Òabiiy oziqalar (hovuzning tabiiy oziqa zaxirasi) — hovuz- larda tabiiy yo‘l bilan rivojlanadigan, o‘sadigan o‘simliklar, hovuz- lardagi planktonlar, suvda o‘sadigan o‘simliklar, qisqichbaqasi- monlar, bakteriyalar, detritlar, bentoslar, yuqori tabaqadagi o‘sim- liklar, hasharotlar, suv hayvonlari va baliqlar kiradi. Òabiiy oziqa zaxirasining rivojlanish darajasi suvning sifatiga bog‘liq. Baliq- chilar turlicha usullarni qo‘llab: ohaklash, organik va noorganik moddalar orqali o‘g‘itlash kabi yo‘llar bilan suv sifatini yaxshilashga erishadi. Òo‘g‘ri o‘g‘itlangan suv havzalari o‘zida barcha biogen moddalar, mikroelemetlarni saqlaydi hamda ruxsat etiladigan chegarada oziqa zaxirasining yetarli darajada rivojlanishiga imkoniyat beruvchi maqbul (optimal) gidrokimyoviy sharoitlarga ega bo‘ladi. Hovuzlar yoki suv havzalarida tabiiy yo‘l bilan rivojlanadi- gan turlarga plankton, suv o‘simliklari, bakteriyalar, detritlar, bentos, yuqori suv o‘simliklari, suv jonivorlari, shu jumladan, baliqlar kiradi. Iste’mol qilingan oziqalar karp baliqlarining oziqa hazm qi- lish a’zolariga suvning harorati 2 °C bo‘lgandan 8—10 soat, 22 °C bo‘lganda 6—9 soat, 26 °C bo‘lganda esa 4—7 soat orali- g‘ida parchalanib hazm bo‘lishi aniqlangan. Shundan kelib chi- qib suvning harorati nisbatan yuqori bo‘lgan yozning issiq oy- larida, kunduz kunlari baliqlarning kunlik oziqalarni bir necha bo‘lakka (3—6 bo‘lakka) bo‘lib berish maqsadga muvofiq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling