Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
2.2. Baliqlar biologiyasi
Suv — baliqlarning yashash muhitidir. Baliq uchun suv ha- yotdir. Suvda suzadigan baliqlarning tanasi cho‘ziq, suyri shak- lida bo‘lganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan baliqlarning tanasi yapaloq va jag‘lari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pandaka balig‘ining tana uzunligi 1—1,5 sm, og‘irligi 1,5 g bo‘lsa, eng yirik kit aku- lasining uzunligi 15—20 m ga, vazni 12—14 tonnagacha yetadi. Baliqlarning biologiyasini o‘rganganda uning yoshi tangacha- lari va ba’zi suyaklardagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi. Baliqlar 1—2 yildan (tez suzarlar) 100—120 yilgacha (oq bakra) umr ko‘radi. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan laqqabaliq 50—60 yil yashaydi. Oziqlanishiga ko‘ra baliqlar faqat jag‘larida emas, til, tanglay va halqumida ham tishlari bo‘ladi (cho‘rtan, tovonbaliq). Baliqlarning harorati beqaror, sovuqqon jonivordir. Òana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, serharakat, oziqlanish usuliga ko‘ra plantofaglar, bentofaglar, detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga bo‘linadi. Ko‘payishiga binoan uvuldiriq tashlovchi, tug‘uvchilarga, yashash muhitiga ko‘ra dengiz va chuchuk suv baliqlariga, hayot kechirish xususiyatiga binoan o‘tkinchi va o‘troq baliqlarga ajra- tiladi. Ko‘pgina baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugari) ha- yotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda o‘tkazadi. Hovuz, suv ombori, ko‘l, daryo, dengiz, sho‘r, chuchuk suv- larda uning tubidagi tuproq qatlami tarkibidagi bakteriyalar, o‘sim- liklar baliqlarning nafas olishi, oziqlanishi, qon aylanishi, nerv faoliyati, urchitilishi, o‘sishi va rivojlanishi kabi barcha jarayonlarda baliqlarni me’yor asosida saqlansa ijobiy natijalarga olib keladi. Suvda ularning hayoti uchun zarur bo‘lgan erigan holdagi kislorod, organik va anorganik moddalardan iborat oziqa mavjud. Dissimilatsiya jarayonida hosil bo‘lgan qattiq, suyuq va gaz holi- 17 dagi qoldiq moddalarni ham baliq suvga ajratadi. U million-mil- lion yillar mobaynida suvning gaz, tuz kabi kimyoviy tarkibiga, bosim, tig‘izlik, harorat kabi fizik xossalariga ko‘nikib, suvda yashash uchun bir qancha foydali xususiyatlar kasb etgan. Ba- liqlarning bosh, tana va dumdan iborat gavdasi ko‘pincha moki shaklida bo‘ladi. Lentasimon (qilichbaliq), yapaloq (kambala), ilonsimon (ugor) va boshqa shakldagi baliqlar ham uchraydi. Barcha baliqlarning terisida birtalay bir hujayrali shilimshiq bez- lari, ba’zilarida esa zahar bezlari bor, ayrimlarida yoritish organi ham bezdan iborat. Òerisi yo plakoid (akulasimonlar), yo ganoid (ko‘p qanotlilar), yoki suyak tangachalar (suyakli baliqlarning ko‘pchiligi) bilan qoplangan. Laqqa kabi tangachasiz baliqlar ham bor. Baliqlarning rangi terisining ostki qavatidagi pigment- larga bog‘liq, bu yashaydigan joyiga moslanishdir, chunonchi, ochiq suvlarda yashaydigan baliqlarning usti ko‘k, qorni ku- mushrang, ular dushman ko‘ziga pastdan ham, tepadan ham yaxshi ko‘rinmaydi; suvo‘tlari orasida yashaydigan baliqlar ta- nasida ko‘ndalang yo‘llar bo‘lib, ular o‘tlar orasida ko‘zga ilin- maydi. Baliqlar suzgich qanotlari yordamida harakatlanadi. Ko‘krak hamda qorin juft suzgich qanotlari burilish va gavdani muallaq tutish, dum suzgich qanoti esa rullik va oldinga hara- katlanish vazifasini bajaradi, toq suzgich qanotlari faol hara- katda kam ishtirok etib, ko‘proq muvozanat saqlab turishga qat- nashadi. Erkak akulada qorin suzgich qanoti juftlashish (ko- pulatsiya) organi vazifasini ham bajaradi. Dum suzgich qanot- lari shaklan turlicha: ko‘pchilik suyakli baliqlarniki — gomotser- kal, akulasimonlar va bakralarniki — geterotserkal, ikki xil nafas oluvchilarniki — difitserkal shaklda bo‘ladi. Akulasimonlarning umurtqa pog‘onasi tog‘ay umurtqalari- dan, suyakdor baliqlarniki esa suyak umurtqalaridan tashkil top- gan. Umurtqalarning soni 16—400 gacha va undan ham ortiq. Bosh skeletining yuz bo‘limi yaxshi taraqqiy etgan, unda jag‘, tilosti yoyi va kamida beshta jabra yoyidan iborat jag‘ apparati bor. Ba- liqlarda u turlicha taraqqiy topgan, chunonchi, akulalarda oldingi miya, miyacha va hidlov bo‘limi yaxshi rivojlangan. Òa’m bilish va eshituv (ichki quloq) organlari ham yaxshi taraqqiy etgan. Ular tovush va ultratovush to‘lqinlarini yaxshi eshitadi, ayniqsa, urchish vaqtida suzgich pufak mushaklari yordamida o‘zlari ham 18 maxsus tovush chiqaradi. Bu tovush signali baliqlar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ko‘zlari 1 m dan 12 m gacha masofani ko‘rishga moslangan. Gavdasining ikki yonida teshikchalardan iborat yon chiziq organi bor. Kosali cho‘rtan va loyqabaliq suzgich pufagi orqali havodan nafas oladi. Ilonbosh, anabas kabi baliqlar jabra labirintlarining qiltomirlari orqali nafas oladi. Baliqlarning yuragi ikki kamerali — bitta qorincha va bitta bo‘lmadan iborat. Qon aylanish doirasi bor. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling