Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

2.3. Baliqlarning harakati
Ko‘pgina baliqlar butun tanasini qayirish natijasida hosil
bo‘ladigan to‘lqin hisobiga oldinga harakat qiladi. Ba’zilari esa
tanasini harakatlantirmay suzgichlarini to‘lqinlantirib suzadi.
Baliqlar tanasini qanchalik ko‘p qayira olishi umurtqalarining
soniga va tangachalarining katta-kichikligiga bog‘liq. Umurtqasi
qancha ko‘p yoki tangachasi qancha mayda bo‘lsa, baliq shun-
chalik ko‘p qayriladi. Shuningdek, baliqlarning suzish tezligiga
teridan ajralib chiqadigan va ularning ustini qoplab olgan shilim-
shiq modda ham katta yordam beradi.
Baliqlarning asosiy harakati suzishdan iborat bo‘lsa ham,
ba’zan suvdan yuqoriga o‘qdek otilib chiqadigan va havoda ancha
masofaga uchib boradigan monoplan yoki biplan uchar baliqlar;
dengiz xo‘rozi, uzunqanot kabi suv ostida o‘rmalab yuruvchilar;
shumtakabaliq kabi suvdan qirg‘oqqa irg‘ib chiqib, baquvvat
ko‘krak suzgichi yordamida quruqlikda hakkalab yurib, hasharot
tutadigan irg‘uvchi baliqlar ham bor. Ilonbosh kabilar hatto
quruqlikka chiqib, sayr qilib yuradi, bir havzadan ikkinchi hav-
zaga quruqlik orqali o‘tadi. Qalqonli cho‘rtan esa dumiga tayanib
suv betida tikka yuradi.
2.4. Jinsiy dimorfizm
Jinsiy dimorfizm baliqlar o‘rtasida ancha keng tarqalgan bo‘-
lib, har xil ko‘rinishga ega. Odatda, baliqlarning erkagi bilan
urg‘ochisi o‘zaro katta-kichikligi bilan farq qiladi. Chunonchi,
karpsimonlarda ko‘pincha urg‘ochisi erkagidan, uvuldirig‘ini
qo‘riqlab yuradigan baliqlarda esa erkagi urg‘ochisidan kattaroq


19
bo‘ladi. Akula va lappakbaliqlarning erkagida qo‘shiluv a’zosi
borligidan ularning jinsiy dimorfizmi yaqqol ko‘rinib turadi.
Qarmoqchibaliqning jinsiy dimorfizmi juda alomat. Uning mitti
erkagi urg‘ochisining tanasiga og‘zi bilan yopishib olgan holda
yashaydi. Erkagi urg‘ochisini urug‘lantiradi, urg‘ochisi esa uni
boqadi. Urchish arafasida ko‘pgina baliqlar, chunonchi, sulay-
monbaliqlarning erkagida «nikoh libosi» paydo bo‘ladi. Bu narsa
baliqning urchish davrida kuchli rivojlangan jinsiy bezlaridagi
gormonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jinsiy dimorfizm ba’zi
baliqlarning urchish davridagi xulqlarida ham ko‘rinadi.
1. Mamlakatimizda ovlanadigan baliqlarning asosiy qismini qaysi tur-
dagi baliqlar tashkil etadi?
2. Baliqlarning yoshi qaysi usullar orqali aniqlanadi?
3. Oziqlanish usuliga ko‘ra baliqlar qaysi turlarga bo‘linadi?
4. Baliqlarning jinsiy dimorfizmi haqida so‘z yuriting.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling