Baliqchilik asoslari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4. Jinsiy dimorfizm
2.3. Baliqlarning harakati
Ko‘pgina baliqlar butun tanasini qayirish natijasida hosil bo‘ladigan to‘lqin hisobiga oldinga harakat qiladi. Ba’zilari esa tanasini harakatlantirmay suzgichlarini to‘lqinlantirib suzadi. Baliqlar tanasini qanchalik ko‘p qayira olishi umurtqalarining soniga va tangachalarining katta-kichikligiga bog‘liq. Umurtqasi qancha ko‘p yoki tangachasi qancha mayda bo‘lsa, baliq shun- chalik ko‘p qayriladi. Shuningdek, baliqlarning suzish tezligiga teridan ajralib chiqadigan va ularning ustini qoplab olgan shilim- shiq modda ham katta yordam beradi. Baliqlarning asosiy harakati suzishdan iborat bo‘lsa ham, ba’zan suvdan yuqoriga o‘qdek otilib chiqadigan va havoda ancha masofaga uchib boradigan monoplan yoki biplan uchar baliqlar; dengiz xo‘rozi, uzunqanot kabi suv ostida o‘rmalab yuruvchilar; shumtakabaliq kabi suvdan qirg‘oqqa irg‘ib chiqib, baquvvat ko‘krak suzgichi yordamida quruqlikda hakkalab yurib, hasharot tutadigan irg‘uvchi baliqlar ham bor. Ilonbosh kabilar hatto quruqlikka chiqib, sayr qilib yuradi, bir havzadan ikkinchi hav- zaga quruqlik orqali o‘tadi. Qalqonli cho‘rtan esa dumiga tayanib suv betida tikka yuradi. 2.4. Jinsiy dimorfizm Jinsiy dimorfizm baliqlar o‘rtasida ancha keng tarqalgan bo‘- lib, har xil ko‘rinishga ega. Odatda, baliqlarning erkagi bilan urg‘ochisi o‘zaro katta-kichikligi bilan farq qiladi. Chunonchi, karpsimonlarda ko‘pincha urg‘ochisi erkagidan, uvuldirig‘ini qo‘riqlab yuradigan baliqlarda esa erkagi urg‘ochisidan kattaroq 19 bo‘ladi. Akula va lappakbaliqlarning erkagida qo‘shiluv a’zosi borligidan ularning jinsiy dimorfizmi yaqqol ko‘rinib turadi. Qarmoqchibaliqning jinsiy dimorfizmi juda alomat. Uning mitti erkagi urg‘ochisining tanasiga og‘zi bilan yopishib olgan holda yashaydi. Erkagi urg‘ochisini urug‘lantiradi, urg‘ochisi esa uni boqadi. Urchish arafasida ko‘pgina baliqlar, chunonchi, sulay- monbaliqlarning erkagida «nikoh libosi» paydo bo‘ladi. Bu narsa baliqning urchish davrida kuchli rivojlangan jinsiy bezlaridagi gormonlar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Jinsiy dimorfizm ba’zi baliqlarning urchish davridagi xulqlarida ham ko‘rinadi. 1. Mamlakatimizda ovlanadigan baliqlarning asosiy qismini qaysi tur- dagi baliqlar tashkil etadi? 2. Baliqlarning yoshi qaysi usullar orqali aniqlanadi? 3. Oziqlanish usuliga ko‘ra baliqlar qaysi turlarga bo‘linadi? 4. Baliqlarning jinsiy dimorfizmi haqida so‘z yuriting. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling