Baliqchilik asoslari
Chuqurligi 1 metrli hovuzlarga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari
Download 7.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Baliqchilik asoslari
Chuqurligi 1 metrli hovuzlarga mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari
Ammiakli selitra 55—60 kg/ga Oddiy superfosfat 70 kg/ga Granulalangan superfosfat 60 kg/ga Ikki hissali superfosfat 25 kg/ga 36-rasm. Hovuzni o‘g‘itlash. 112 O‘g‘itlar suv yuzasiga solinadi. Uni erigan ko‘rinishda kiritish samaraliroqdir. Kichik hovuzlarda ularni qirg‘oqdan yoki ki- ritayotgan suv oqimlari bilan kiritish mumkin. Katta hovuzlarga o‘g‘itlar qayiq yoki katamaranlar yordamida solinadi. Quyidagi hollarda o‘g‘itlash maqsadga muvofiq emas: — hosildorlik tabiiy oziqa bazasiga bog‘liq bo‘lmasa (intensiv baliq o‘stirish tizimlarida); — hovuzda suv almashishi yuqori bo‘lganda; — hovuzni suv o‘simliklari qoplagan bo‘lsa; — suv juda loyqa bo‘lganda; — plankton organizmlar qilinligi yuqori bo‘lganda. O‘g‘itlardan sifatli foydalanib suv havzalarini o‘g‘itlash fi- toplankton va zooplanktonlarning o‘sishini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Eng kam miqdordagi o‘g‘it sarflab suvning gulla- shiga erishish uchun quyidagilarni tavsiya etamiz: 1. Suv va uning yuza qatlami neytral yoki biroz ishqorli bo‘lsa, zaruriyat tug‘ilganda uni ohaklash. 2. Suv tubidagi loyqa (balchiq) yaxshi holatda bo‘lishi zarur, ya’ni loyqaning qalinligi unchalik yuqori bo‘lmasligi, tarkibida 37-rasm. Hovuzga suv quyish va o‘g‘itlash. 113 ko‘p miqdorda detrit va kam miqdorda kletchatka bo‘lishi ke- rak, aks holda kletchatkaning parchalanishi, chirishi uchun uzoq muddat talab etiladi. 3. Planktonlarga boy o‘g‘itlangan suvlarni hovuzlardan oqib ketmasligi uchun suv havzalarida suv almashishni kamaytirish kerak. 4. Hovuzlarda o‘tlarning o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv yuzasini o‘t qoplashi 30 % dan oshmasligi kerak. 5. Har bir suv havzalarini alohida individual ravishda o‘g‘it- lash kerak, masalan, quyidagi suv havzalarida o‘g‘itlarni ko‘proq ishlatish mumkin: — loyqaga boy shakllanmagan yangi hovuzlarda; — foydalanilayotgan suv manbalarida oziqaviy moddalar kamroq bo‘lsa; — agarda suv tubidagi loyqa tarkibida qum ko‘p bo‘lsa. Quyidagi holatlarda o‘g‘itlarni ishlatmaslik kerak: — agarda suv havzalarida baliqlarni o‘stirish va baliq mah- sulotlarini yetishtirish suv havzalaridagi tabiiy oziqa bazasiga (in- tensiv ravishda o‘stirish sistemasida) bog‘liq bo‘lmasa; — agarda suv havzasida suv almashuvi yuqori bo‘lsa; — agarda hovuzlarda oliy tabaqali o‘simliklar haddan ziyod o‘sgan bo‘lsa; — agarda suv juda ham loyqa bo‘lsa, unda ko‘p miqdorda ara- lashmalar mavjud; — agarda planktonlar zichligi yuqori bo‘lsa. Hovuzlarni ohaklash — baliq kasalliklarining oldini olish (pro- filaktika), suvni kalsiyga boyitish melioratsiya maqsadida o‘tka- ziladigan majmuaviy biotexnik usuldir. Hovuzda parchalanish uchun ko‘p erigan kislorod miqdorini talab qiladigan, gidrokimyoviy tartibotga salbiy ta’sir etadigan organik birikmalar katta miqdorda to‘planib qoladi. Hovuzlar gidrokimyoviy holatini yaxshilash hamda organik moddalarning tez parchalanishi uchun ohakdan foydalaniladi. Ohak: — suv qatlamidagi katta miqdordagi muallaq organik mod- dalarni cho‘ktiradi (suvni tindiradi), mikroorganizmlar rivoj- 114 lanishi hamda organik moddalarning mineralga aylanish jarayoni tezlashishi uchun muvofiq sharoit yaratadi; — suvda erigan kislorodning ko‘payishi hisobiga hovuzdagi gaz rejimini yaxshilaydi; — hovuz tubida yig‘ilib qolgan organik birikmalarni qisman konservatsiyalaydi va keyinchalik ular asta-sekin minerallashadi. Mineralga aylanish natijasida suvda azot, fosfor va boshqa shu kabi biogenlar miqdori ko‘payadi. Ohaklash uchun so‘ndirilmagan ohak CaO, so‘ndirilgan ohak Ca (OH) 2 hamda tuyilgan ohaktosh CaCO qo‘llaniladi. So‘n- dirilmagan ohakka nisbatan so‘ndirilgan ohakning neytrallash qobiliyati 1,3 marta, ohaktoshda esa 1,8 marta kamligi tufayli ularni kiritish miqdori ham tegishli ravishda ko‘proq bo‘ladi. Ohak kiritishning umumiy me’yori — 1—2 s/ga. Ohak bahorda hovuzning quruq tubiga solinadi. Bahorda ohak azot fosforli o‘g‘itlar solinishidan 2—3 sutka oldin har 15 kunda kiritiladi. Yozda ohak har 7—10 kunda solinib turiladi. Baliqlarning ommaviy kasallanishida har 2—3 sutkada 1—3 s/ga hisobidan 5—10 kun mobaynida faqat so‘ndirilmagan ohak solinadi. Har xil kategoriyali xo‘jalik hovuzlarining tavsifi 5-jadvalda berilgan. Download 7.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling