Baliqchilik asoslari


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

NAZORAT SAVOLLARI
?


120
X bob. 
ONA BALIQLAR ÒO‘DASINI SHAKLLANÒIRISH
VA BALIQLARNI KO‘PAYÒIRISH
10.1. Baliqlarning reproduktiv biologiyasi
Baliqlarni yetishtirishda yosh baliqlarni parvarishlash alohida
ahamiyat kasb etadi. Bunda ularni ko‘paytirishning o‘ziga xos
xususiyatlarini bilish kerak. Har qanday mavjudot ham urug‘lan-
gan jinsiy hujayralarda rivoj topadi.
O‘sish deganda organizmning faol qismlarida vaznining ortishi
tushuniladi. O‘sish murakkab organizmni tashkil qiluvchi hu-
jayralarning va hujayralararo to‘qimalarning hosil bo‘lishi va
kattalashuvi hisobiga sodir bo‘luvchi jarayondir. Organizm to-
monidan namlikning ortiqcha shimilishidan shishishi, jinsiy
to‘qimalarning to‘planishi, modda almashinuvi natijasida hosil
bo‘lgan chiqindi mahsulotlarning (siydik, tezak) to‘planishi
o‘sishga kirmaydi. Organizmda to‘plangan ortiqcha yog‘ o‘sishga
kiradi, chunki bu yog‘ o‘sish jarayonidagi modda almashinuvida
to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.
Hayvonlar, jumladan, baliqlar organizmida rivojlanish ikki
bosqichda: embrion (zigota hosil bo‘lgandan lichinkaning ho-
sil bo‘lishigacha) davrda va lichinka hosil bo‘lganidan boshlab
barcha bosqichlardan o‘tib ulg‘aygancha bo‘lgan davrda sodir
bo‘ladi.
Baliqlar hayotining embrionlik davri ikraning otalanishidan
boshlanib 2—7 kun davom etadi va bir necha bosqichlarni o‘z
ichiga oladi. Bu davrning qancha vaqt davom etishi suvning
haroratiga bog‘liq. Ikra otalanganidan keyin murtakcha (zarodish)
halqasining parchalanishi hisobiga hujayralarning ko‘payishi so-
dir bo‘ladi va bu bosqich morula deb ataladi. Undan keyin


121
hujayraning ikkitadan qatlami hosil bo‘ladi. Bu bosqich blastula
deb atalib, 12—16 soat davom etadi. Ikkinchi kunning boshla-
rida tuxum sarig‘i atrofidagi hujayralar son jihatidan tez ko‘-
payadi, natijada murtak uchun joy hozirlanadi. Bu bosqichlar
pastula deb ataladi. Embrion rivojlanishining navbatdagi organo-
genez deb ataluvchi yakunlovchi bosqichida embrionning to‘-
qima va a’zolarini hosil qiluvchi murtak qatlamchalari hosil bo‘-
ladi. Bu jarayon chamasi bir kunlar davom etadi.
Ushbu hodisalardan keyin 3—4 kun ichida embrionning
aniq seziladigan pigmentlangan ko‘zlari, bosh miyasi, qon
tizimi, suzgichlarining birlamchi o‘simtalari hosil bo‘ladi va
ikradan ochilib chiqadi. Shundan keyin baliqlarning embrion-
dan keyingi davri boshlanadi. Uning dastlabki bosqichi lichinka
davri deb atalib, bu davr ham o‘sishining jadal yoki sust ke-
chishi bilan bir-biridan farq qiluvchi to‘rtta biologik siklni o‘z
ichiga oladi.
Agarda suv harorati pasayib ketsa, uvuldiriqlarning rivojlanishi
susayib, lichinkalarning chiqishi kechikadi. Suv harorati 4—6 °C
gacha pasayganda ikralarning sezilarli qismi, ba’zan 80 foizi-
gacha o‘lib qoladi. Zog‘orabaliqlarning ikralari, ayniqsa, haro-
ratning keskin o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan. Masalan, may oyida
kunduzlari hovuzlarning sayoz joylarida suv harorati 18—20 °C
gacha iliydi, kechalari, tong paytida suv harorati 5—60 °C gacha
tushib ketadi. Bunday holat ba’zan uvuldiriqlarning nobud
bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun hovuzlar
eng yuqori nuqtasigacha suv bilan to‘ldirilishi kerak.

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling