Baliqchilik asoslari


 Baliqchilikda baliqlarni takror ko‘paytirish


Download 7.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/152
Sana21.11.2023
Hajmi7.01 Mb.
#1792627
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152
Bog'liq
Baliqchilik asoslari

10.3. Baliqchilikda baliqlarni takror ko‘paytirish
Baliqlarning jinsiy yetilishi va uvuldiriq qo‘yishi bir qator
asosiy va rag‘batlantiruvchi omillarga bog‘liq.
Bizda yetishtiriladigan baliqlar uchun asosiy omillar jumlasiga
quyidagilar kiradi: harorat, erigan kislorodning konsentratsiyasi,
yorug‘lik kuni.
Rag‘batlantiruvchi omillar qatoriga ob-havo sharoitlari, ma-
salan, barqaror bo‘lgan atmosfera bosimi, boshqa jinsli baliqlar
mavjudligi, zog‘orabaliqlar uchun suv o‘simliklarining mavjud-
ligi kiradi. Do‘ngpeshana va amur baliqlari uchun suv o‘sim-
liklarining mavjudligi shart emas, lekin uzunligi 100 km va undan
ortiq va ancha chuqur bo‘lgan tez oqimli havza zarur.
Sun’iy ko‘paytirishda rag‘batlantiruvchi omillarning mavjud-
ligi unchalik zarur emas, chunki baliqshunoslar bunday omillar
o‘rnini inyeksiya qilish bilan to‘ldirishadi. Bunda kunning yorug‘-
lik qismining ahamiyati ham kamayadi.
Erta bahorda suvning harorati 12—14 °C ga yetganda ona ba-
liqlar to‘daning bonitirovkasi o‘tkaziladi. Hovuzdagi baliqlar-
ning hammasi ovlanib, ikkala jinsga mansub nasl beruvchi
baliqlarning ma’lum qismi saralab olinadi. Bunda baliqlar turi va
nasliga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan yetuk baliqlar
saralab olinadi. Yetilmagan baliqlar keyingi yillarda yetilish uchun
qoldiriladi.
Bonitirovkadan so‘ng baliqlar, to ular uvuldiriq qo‘yishiga
qadar, jinsiga qarab alohida saqlanadi.
Yetuk nasl beruvchi baliqlarni ovlash va boshqa yerga o‘tkazish
vaqtida har bir baliq zotiga nisbatan ehtiyotkorlik va yakka tartibda
ushlash talab etiladi. Bunda maxsus qo‘lqopdan foydalaniladi.


124
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan
oldin boqish uchun hovuzlarga qo‘yiladi. Maydoni tekis 0,5—2 ga
o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan joyga 200—300 dona
zichlik uvuldiriq qo‘yishigacha boqiladi.
Urchitilishda har bir nasl beruvchi baliq inyeksiyalanadi.
Inyeksiyalanuvchi preparat miqdori baliqshunos tomonidan har
bir baliqning vaznidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Inyeksiya
qilishdan oldin baliqlar ehtiyotkorlik bilan tarozida tortiladi.
Baliqni o‘stirish uchun tashkil qilingan hovuzlar: hovuzlarning
o‘lchamlari, chuqurligi 1,5 m dan 2,5 m gacha bo‘ladi. Iliq suvni
sevuvchi baliqlarning hovuz suvi oqadigan yoki sekin oqadigan
holda tashkil qilinadi. Mahsuldorligini ko‘paytirish uchun, omixta
yemlar sifatli hamda organik va mineral moddalarga boy bo‘lishi
kerak. Shuningdek, yumshoq suv o‘tlari ham bo‘lishi lozim.
Hayvonot olamida ham, biologik xususiyatlari zooveterinariya
qoidalariga asoslangan holda ham baliqlar hayotida ularning o‘sishi
va rivojlanishi davrida har xil yoshdagi o‘zgarishiga qarab sun’iy
hovuzlarni qurish maqsadga muvofiqdir. 1 uvuldiriq qo‘yadigan ho-
vuzlar chuqurligi 0,4—0,5 metrgacha, yuza qismi 100—200 m
2
,
kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanishi kerak. Balchiq bo‘l-
magan, botqoqlashmagan, ko‘payishi uchun eng qulay sharoit
yaratilgan bo‘lishi zarur. Shuningdek, yumshoq maysali o‘tlar
bo‘lmog‘i darkor.
Boshqa joylardan chirigan, har xil o‘sgan maysalarni tashlash
uvuldiriqlarning kasallanishiga olib keladi.
1. Baliqlarning reproduktiv biologiyasi haqida fikr yuriting.
2. Baliqlar hayotining embrionlik davri qaysi bosqichlarni o‘z ichiga
oladi?
3. Qanday holatlarda lichinkalarning chiqishi kechikadi?

Download 7.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling