Baliqchilik iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni Reja
Download 21.66 Kb.
|
Baliqchilik iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni
Baliqchilik iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni Reja: O'zbekistonda baliqchilik va baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari Baliq go'shtining ozuqaviy qiymati va kimiyoviy tarkibi 1. O'zbekistonda baliqchilik va baliqchilikni rivojlantirish istiqbollari Bugungi kunda yurtimiz aholisi 32 milion nafardan ortib, turmush darajasi yaxshilanib borar ekan, bugunga mutanosib ravishda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, odamlarning ovqatlanish rasionini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, iste'mol bozoriga baliq hamda baliq mahsulotlari yetkazib berish dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Xalqimizning baliqni luqmai halol deb atashida katta hikmat bor. Uning tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo'ladigan to'liq qiymatli oqsillar, yog'lar, vitaminlar va makro va mikroelementlar mavjuddir. Ekspertlar xulosasiga qaraganda har bir kishi yil davomida kamida 16 kilogramm baliq iste'mol qilishi kerak. Shu sababli, keyingi yillarda chorvochilikning barcha tarmoqlari, shuningdlek baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ham Respublika hukumati tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilidi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan 2009 yil 26 fevralda qabul qilingan 2009-2011 yillarda respublikada baliqchilik tarmog'ini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risidagi dasturi asosida qaraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va barcha tumanlarda baliqchilikni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi. Tuzilgan dasturlar asosida joylarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirishlishi natijasida 2009 yilda 9 ming 236 tonna baliq yetishtirilgan bo'lsa, 2010 yilda 10 ming 732 tonna, 2011 yilda 16 ming 51 tonna, 2013 yilda esa 38 ming tonnadan ortiqroq baliq yetishtirildi. Dastur bajarilishi davomida 230 dan ortiq baliqchilik yo'nalishlarida ish olib boruvchi xo'jalik subyektlari yangidan tashkil etilib, 1600 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi. Mamlakatimizda mazkur dasturning bajarilishi bilan cheklanib qolmasdan baliqchilikni rivojlantirishga hukumat darajasidagi masala sifatida qaralmoqda. Bunga fikrimizning dalili sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 mayida qabul qilingan “baliqchilik” tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to'g'risida”gi qarori asosida “O'zbekbaliq sanoat” uyushmasining tashkil etilganini keltirish mumkin. Bu uyushma Respublikada baliqchilik sohasini takomillashtirish bilan shug'ullanadi. Bu uyushmaning asosiy vazifalari va yo'nalishlari qilib quyidagilar belgilangan: Baliq mahsulotlari ishlab chiqarishining tashkiliy-texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish. Baliq chavoqlarini takroriy ko'paytirish va ozuqa bilan mustahkamlash. Tabiy suv havjalari va sun'iy qo'llarning resurslaridan oqilona foydalanish; Baliq yetishtirish jarayoniga ilmiy asoslangan usullarni va intensiv texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Bundan tashqari, baliqchilik tarmog'ida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy va texnik yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida baliqchilikni rivojlantirish ilmiytajriba stansiyasi baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutiga aylantirildi va AydarArnasoy ko'llar tizimida hamda respublikaning boshqa hududlarida uning filiallarini ochish belgilandi. Ilmiy–tadqiqot, seleksiya va naslchilik ishlarini moliyalashtirish, ozuqalarining zamonaviy resepturalarini ishlab chiqish va baliqchilik tarmog'iga ilg'or texnologiyalarni joriy etishda ko'maklashish, baliqlarning kasalliklari profilaktikasi va ularni davolash hamda tarmoqni rivojlantirish bo'yicha investisiya loyihalarni shakllantirish maqsadida “O'zbekbaliq sanoat” uyushmasida baliqchilikni rivojlantirish jamg'armasi tashkil etildi. Shuningdek, 2017-2021 yillarda baliqchilik tarmog'ini yanada kompleks rivojlantirish bo'yicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi. Bundan tashqari qarorda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan bir qator kasbhunar kollejlarining ixtisoslashuvini qayta ko'rib chiqish va Toshkent Davlat agrar universitetida baliqchilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash fakultetini tashkil etish, bu borada xalqaro tajribani o'rganish va baliqchilik sohasida ishlash uchun chet el mutaxassislarini jalb etish kabi masalarga ham e'tibor qaratilgan. Bugungi kunda mamalakatimizda baliqchilikka ixtisosllashgan korxonalar tomonidan bizning hududlarimizda uchramaydigan baliqlarni yetishtirishga ham e'tibor qaratilmoqda. Masalan, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Turkiston Ulug'bek biznes” ochiq aksiyadorlik jamiyatida Amerika somi balig'ini akklimitasiya qilib ularni yetishtirmoqda. Yoki Rossiya federasiyadan keltirilgan osetra oilasiga kiruvchi baliqlarning yetishtirilayotganliginig bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling