Boshqarish usullari va vositalari: oʻquv mashgʻuloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik karta koʻrinishidagi oʻquv mashgʻulotlarini rejalashtirish,
qoʻyilgan maqsadga erishishda oʻqituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashgʻulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati.
Monitoring va baholash: oʻquv mashgʻulotida ham butun kurs davomida
ham oʻqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test
topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari
baholanadi.
“Балиқlarni
oziqlantirish”
fanini
oʻqitish
jarayonida
kompyuter
texnologiyalaridan, “Exsel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim
mavzular boʻyicha talabalar bilimini baholash test asosida kompyuter yordamida,
masalalarni yechish, ozuqa ratsionlari va retseptlarni tuzish shaklda bajariladi.
Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch soʻz va iboralar
asosida oraliq va yakuniy nazoratlar oʻtkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |