Balkon – binoning tashqi devoriga bino tashqarisidan o‘rnatiladigan konsol yoki boshqa konstruksiya ustida yaratiladigan atrofi to‘silgan maydonchadir
Download 0.7 Mb.
|
Balkon – binoning tashqi devoriga bino tashqarisidan o‘rnatiladigan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.36-rasm. Balkonlarning ko‘rinishi
- 3.39-rasm. Lodjiyalarning turlari
- Erker
Balkon – binoning tashqi devoriga bino tashqarisidan o‘rnatiladigan konsol yoki boshqa konstruksiya ustida yaratiladigan atrofi to‘silgan maydonchadir. Balkonlar turar-joy binolarida yozgi xona vazifasini bajaadilar, yashovchilarga anchagina qulayliklar tug‘dirish bilan birga bino fasadining me’moriy kompozitsiyasini yaratishda muhim element hisoblanadilar, binoning badiiy qiyofasiga turli-tuman ko‘rinishlar berish imkoniyatini yaratadilar. (3.36-rasm).3.36-rasm. Balkonlarning ko‘rinishi; a-konsol konstruksiya ustidagi balkon; b-maxsus ustunlarga tayangan balkon.Balkon yuk ko‘taruvchi konstruksiya, pol va to‘siqdan tashkil topadi. Balkonning yuk ko‘taruvchi qismini hozirgi paytda asosan tashqi devorga bir tomoni bilan qistirib mahkamlanadigan yig‘ma temirbeton plitalardan qilinmoqda. Balkon plitasining devorga qistirilgan qismini devorga o‘rnatilgan po‘lat ankerlarga payvandlanadi. Balkon plitalarini tashqi devorning qalinligi etarlicha katta bo‘lgan hollarda unga qistirib mahkamlasa bo‘ladi. Devorning qalinligi 25-30 sm dan oshmasa, balkon plitalarini alohida ustunlarga o‘rnatgan ma’qul (.36-rasm, b)Balkon plitalarini yomg‘ir suvlari ta’siridan himoya qilish uchun ustidan gidroizolyasiya qatlami yopishtirish kerak. Uning ustidanssement-qum qorishmasidan tekislovchi qatlam qilinadi, u gidroizolyasiya buzilishidan ximoya qilish bilan birga balkon uchun xam pol vazifasini bajarishi mumkin.37-rasmda g‘isht devorga o‘rnatilgan balkon konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Balkon plitasi temirbeton peremichkadan chiqarilgan vertikal po‘lat ankerga plita konstruksiyaga o‘rnatilgan po‘lat ugolokni payvandlash yordamida maxkamlangan. Balkon to‘sig‘i po‘latdan yasalgan panjara ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. To‘siq konstruksiyaga sarflanadigan po‘latni tejash va konstruksiyaning me’moriy safatlarini yaxshilash maqsadida xozirga paytda engil metall panjara va unga ekran ko‘rinishida bo‘yalgan asbestotsement va plastmassa listlarni maxkamlash usulidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi. 1-balkon plitasi; 2-orayopma plitasi; 3-peremichkadan chiqqan po‘lat anker; 4-balkon eshigining kesakisi; 5-beton pog‘ona; 6-balkon poli; 7-bitum bilan yopishtirilgan ikki qatlam ruberoid; 8-to‘siq ustunini mahkamlash uchun balkon plitasiga o‘rnatilgan po‘lat element; 9-suv oqqizg‘ich; 10-to‘siq panjaraning ustuni; 11-balkon plitasidagi ankerga mahkamlanadigan po‘lat lok.3.37-rasm. G‘isht devorga o‘rnatilgan balkon konstruksiyasi: Lodjiya (loja) ning balkondan farqi shundaki, uning uch tomoni devor bilan to‘silgan faqat bir tomoni ochiq, 1m balandlikda balkonnikiga o‘xshash to‘siq bo‘ladi.Odjiyaning konstruktiv echimi uch xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (3.39-rasm): 1) bino gabaritiga to‘liq kirib turuvchi; 2) bino gabaritiga qisman kirib turuvchi; 3) bino gabaritidan tashqarida joylashgan.3.39-rasm. Lodjiyalarning turlari: a-bino gabariti ichida joylashgan lodjiya; b-qisman bino gabaritida va qisman bino gabaritidan tashqarida joylashgan lodjiya; v-bino gabaritidan tashqari joylashgan lodjiya; 1-osma yon devor; 2-to‘siq. Bino gabaritiga kirib turuvchi lodjiyaning yon tomondagi devorlari odatda yuk ko‘taruvchi bo‘ladi. Lodjiya yopmasidan tushadigan yuklarni devor qabul qiladi va poydevorga uzatadi. Ikkinchi turdagi lodjiyaning bino gabaritiga kirib turuvchi qismining yon devori yuk ko‘taruvchi bo‘lishi, bino gabaritidan chiqib turgan qismi esa yuk ko‘taruvchi yoki osma devor bo‘lishi mumkin. Bino gabaritidan tashqarida joylashgan lodjiyaning yon devorlari binoning konstruktiv sxema qo‘llanilgan xollarda osma devor bo‘lishi mumkin. Lodjiya xonalarni yozda ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi. SHuning uchun O‘zbekiston iqlimi sharoitida turar-joy binolarini loyihalashda lodjiyalarni keng qo‘llash tavsiya etiladi.Erker deb xonaning bino fasadini tashkil qiluvchi asosiy devordan tashqarida joylashgan devor bilan o‘ralgan qismiga aytladi (3.40-rasm).3.40-rasm. Erkerlarning umumiy ko‘rinishi:a-ikkinchi qavatdan boshlangan to‘rtburchak erker; b-birinchi qavatdan boshlangan trapetsiyasimion erker; v-uchburchak shakldagi erker. Erkerda bir nechta deraza o‘rnatilishi mumkin. SHuning uchun binoning joydagi holatini o‘zgartirmasdan derazaning orientatsiyasini o‘zgartirishga imkon beradi. Erkerlarni odatda ikkinchi qavatdan boshlab qilinadi, lekin birinchi qavatdan boshlanishi ham mumkin. Qavatlar soni cheklanmaydi. Birinchi qavatdan boshlangan erkerlarning tashqi devori bevosita poydevorga o‘rnatiladi. Erkerlar to‘rtburchak, trapetsiyasimon, uchburchak va yarim aylana shaklida bo‘lishi mumkin. Ular binoning tashqi kompozitsiyasini boyitadi, xonaning maydoni ko‘paytiradi, xonaga ko‘proq quyosh nurlari tushishiga imkon yaratadi.E’tiboringiz uchn rahmat!Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling