Bamiya o`simligining biologik xususiyatlari
Download 195.05 Kb.
|
1 2
Bog'liqBamiya o`simligining biologik xususiyatlari, morfologik belgilari, yetishtirsh texnologiyasi va xalq xo`jaligidagi ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Bamiya
Mavzu:Bamiya o`simligining biologik xususiyatlari, morfologik belgilari, yetishtirsh texnologiyasi va xalq xo`jaligidagi ahamiyati Reja: Bamiya o`simligining biologik xususiyatlari Bamiya o`simligining morfologik belgilari Bamiya o`simligining xalq xo`jaligidagi ahamiyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Bamiya, Gambo (Hibiscus esculentus L.) — gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimlik. Boʻyi 2,5 m gacha boradi. Tashqi koʻrinishi va gullashi bilan gʻoʻzaga oʻxshaydi. Vatani — Sharqiy Afrika. Navlari sabzavot va tola beradigan guruhlarga boʻlinadi. Hindiston, Afrika va AQShda tola olinadigan navlari ekiladi. Yetilmagan koʻsaksimon mevasi sabzavot koʻkat tarzida suyuq ovqat va salatlarga ishlatiladi. Mevasida 3% oqsil, 0,5% yogʻ, 8% uglevodlar, pishgan urugʻi tarkibida 18% moy bor. Mevasini xomligicha yeyish, pishirish, qovurish, konservalash mumkin. Poyasi oq dagʻal tola beradi; qovurilgan urugʻidan sunʼiy kofe tayyorlanadi. Tropik, subtropik mamlakatlarda, Shim. Amerika, Jan. Yevropa, Zakavkazye, Krim, Ukrainaning janubi, qisman Markaziy Osiyoda, asosan, sabzavot ekini sifatida yetishtiriladi.Bamiya ko’p yillik o‘simlik bo‘lib, asosan Osiyo, Afrika va Amerika hamda Janubiy Yevropada ekiladi. Tashqi ko’rinishida go’za o’simligiga o’xshaydi. Bamiya mevalari tarkibida uglevod, oqsil, moy, temir, kalsiy, tola, tiamin, ikotinamid, riboflavin va askorbin kislotasi mavjud. Bamiyani nafaqat sabzavot ekini sifatida, balki quritilgan urug‘lari sabzavotli tvorogni tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin yoki qovurilgan va maydalangan urug‘lardan qahva o‘rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatish mumkin. Bamiyaning yetilgan mevalari va poyasidan qog‘oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar mavjud. Sanoatda bamiya mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalar qog‘ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vositalar olinadi. Bamiya poyasidan tola olish maqsadida ham yetishtiriladi. Bamiyaning texnik yetilgan mevalarini qaynatib, qovurib, dudlab boshqa sabzavotlar bilan pishirib yoki o‘zini ham iste’mol qilsa bo‘ladi. Bundan tashqari bamiyadan turli xildagi konservalar tayyorlash mumkin. Bamiya juda ham foydali sabzavot bo‘lib, mevasi tarkibida shifobaxsh vitamin va minerallar mavjud. Uning mevasini doimiy ravishda iste’mol qilinishi natijasida: mevasi tarkibida shilimshiq moddalar ko‘p bo‘lganligi sababli oshqozon ichak kassaliklarini davolaydi; yurak qon tomirlarini mustahkamlaydi. Gipertoniyaga qarshilikni kuchaytiradi. Qon aylanish tizimini bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi; nerv faoliyatini yaxshilaydi, undagi magniy elementi asab tizimini mustahkamlaydi; qondagi qand miqdorini pasaytiradi; mevasi va urug‘lari erkaklarda bepushtlikni davolovchi vosita sifatida ishlatiladi; Qandli diabetni oldini oladi; Yaralarni davolashda va gemaroyni oldini olishda ishlatiladi; Gipertoniyaga qarshilikni kuchaytiradi; Ortiqcha toksin va shlaklardan tozalaydi; Ortiqcha vazndan xalos bo’lishda samarali foyda beradi; Suyaklarni mustahkamlaydi; Astma xurujlarini kamaytiradi; Terining sog’lig’ini yaxshilaydi; Tamoq og’rig’i va yo’talni kamaytiradi; Ko’rishni yaxshilaydi; Saratonga qarshi xususiyatlarga ega; Yurak kasalligi xavfini pasaytiradi. aqolada bamiya o`simligining dorivor va oziq-ovqat mahsuloti sifatidagi jihatlari ko`rib chiqiladi. Bamiya yorug‘ va issiqsevar o‘simlik bo‘lib, navlarining biologik xususiyatlari va yetishtirish sharoitlariga bog‘liq holda vegetatsiya davri turli muddatlarda davom etishi aniqlandi.bamiya, Malvaceae, o‘g‘it, o‘simlik, issiqlik, namlik, urug‘, introduksiya.Respublikamiz sug‘oriladigan yerlarining turli darajada sho‘rlanganligi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish jarayonlari kuchayib borayotgan davrda noyob va istiqbolli o‘simliklarni izlab topish, ularning bioekologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish, muayyan tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirish ya’ni introduksiya qilish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shuningdek, ekinlarni almashlab ekish tizimiga yangi istiqbolli o‘simliklarni kiritish o‘simlikning chidamliligining ortishiga va agrotsenozning barqarorligiga imkon yaratadi. Keyingi yillarda respublikamiz ekin maydonlariga ertapisharligi, yuqori hosildorligi, turli zararkunanda va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadigan o‘simliklarni ekish tavsiya qilinmoqda. Ana shunday o‘simliklar qatoriga bamiya o‘simligini kiritish mumkin. Bu o‘simlik serqirraligi bilan ajralib turadi. Bunday noyob va istiqbolli o‘simliklar yaqin kelajakda mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat, sanoatni xom-ashyo va chorvachilikni to‘yimli yem- xashak bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiydir. Hibiscus esculentus L.- Malvaceae oilasining Hibiscus turkumiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, (madaniylashgan holda bir yillik o‘simlik), barcha issiq mamlakatlarda –Osiyo, Afrika va Amerika hamda Janubiy Yevropada ekiladi. Bamiya o‘zvatani –tropik Afrikadan tortib boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan sabzavotlardan biridir. Tarixiy manbalardan ma’lumki, bamiyani Qadimgi Misrda eramizdan ikki ming yil oldin ham ekib ko‘paytirishgan [1]. O‘zbekiston florasida Malvaceae oilasining 7 turkumga mansub 27 ta turi uchraydi [2,3]. Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Afg‘oniston va Qrim, O‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Kavkazorti mamlakatlarida bamiya-tomorqada yetishtiriladigan o‘simlik sifatida uchraydi. Hindiston, Nigeriya va AQSh ning uncha katta bo‘lmagan janubiy tumanlarida o‘simlik tolasi uchun ekib o‘stiriladi. Bamiya – issiqsevar o‘simlikdir, ayniqsa maysalari issiqlik va namlikka yuqori ehtiyoj sezadi. Bamiya oziq-ovqat va yem-xashak ekini sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli o‘simlikdir. Yashil massasi chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Uning biomassasi ko‘k ozuqa sifatida, o‘t uni va silos tayyorlashda ishlatiladi. Bamiyaning 3-5 kunlik yosh ko‘saklaridan ajoyib sho‘rvalar, garnirlar va tansiq gazaklar tayyorlash mumkin. Yam - yashil rangdagi ko‘saklarini qaynatish, qovurish mumkin, ularni quritib, muzlatib, konservalab qishga olib qo‘yiladi. O‘simlik tarkibida (yosh ko‘saklari va urug‘i) inson organizmi uchun foydali bo‘lgan oqsillar, askorbin kislotasi, V guruhi vitiminlari, shuningdek katta miqdorda yopishqoq moddalaribo‘lganligi bois undan tayyorlanadigan taomlar oshqozon-ichak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun qimmatli parhez taom bo‘lib hisoblanadi. Bamiya qaynatmasidan nafas yo‘llari kasalliklari, xususan bronxit va yo‘talni davolashda foydalaniladi. Uning poyasidan oq dag‘al tola olish ham mumkin. Bamiya gulining tojibarglari va tumshuqchasidan tropik mamlakatlarda bo‘yoq olishda foydalaniladi. Download 195.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling