Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari mundarija
-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish o‘rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari16
Download 151.5 Kb.
|
Bandlik va ishsizlik, ularning darajalari va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasida ish o‘rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari16
Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga aholining, avvalo, qishloq aholisining bandligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4478-sonli Farmoniga muvofiq ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni maqbullashtirish, yagona er solig‘ini to‘lash va fermer xo‘jaliklarini kreditlash bo‘yicha imtiyozlar muhim rol o‘ynadi. 2019 yilda ish o‘rinlarining salmoqli qismi Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida va Toshkent shahrida, shuningdek mehnat bilan bandlikka ehtiyojdan kelib chiqib, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etilgan hamda aholining ish bilan bandligi ta’minlangan. 2.2O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda istiqbollari Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati faqat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, aholining o‘sishi yuqori sur’atlar bilan borayotgan va o‘ziga xos aholi tarkibiga ega bo‘lgan respublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini, mahalliy xom ashyodan qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni rag‘batlantirish. Ikkinchidan, xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat va qurilish bo‘yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Uchinchidan, qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda. To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish. Bunda ishdan bo‘shayotgan va ixtisosi bo‘lmagan shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o‘zgarib borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o‘rgatishga e’tibor qaratish. SHu maqsadda maxsus maslahat va o‘quv markazlari, biznes maktablarning keng tarmog‘ini yanada rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan ishchi kuchlarini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishga qaratiladi. Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish, o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz Prezidenti «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida xizmat ko‘rsatish va kichik biznes sohasini aholi bandligini ta’minlash va hayot darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida yanada jadal rivojlantirish 2009 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolishini ko‘rsatib o‘tdilar. Asarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajarayotganligi, ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishda salmoqli hissa qo‘shayotganligi, uning bugungi kunda mamlakatimizda eng yirik ishchi kuchi bozori, mulkdorlar o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik manbai hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi. Aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Bugungi bosqichda kasanachilik sohasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganini hech kim inkor eta olmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqarolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, ko‘p bolali ayollarni, yordamga muhtoj nogironlar va mehnat qobiliyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda. 2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. Kasanachilik uchun ish o‘rinlari ochgan korxonalar, shu borada o‘zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi. Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan shug‘ullanadigan kishilar sonini ko‘paytirishdan iborat. Qayd etish kerakki, bu masalada muayyan ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Mamlakatimizda qoramollarni aholiga va fermer xo‘jaliklariga kimoshdi savdolari orqali sotish, ularga maqsadli va imtiyozli kreditlar berish, veterinariya xizmati ko‘rsatishning sifati va hajmini oshirish, ozuqa bilan ta’minlash bo‘yicha samarali mexanizmlar yaratilgan. CHorvachilikni rivojlantirish dasturining ijrosi doirasida 2008 yili kimoshdi savdolarida 20 ming 300 bosh qoramol sotildi. 2009 yilda yana 24 ming 600 bosh qoramol sotilishi ko‘zda tutilmoqda. Agar 2007 yilda qoramol sotib olish uchun 42,5 milliard so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lsa, 2008 yilda bu raqam 48 milliard 200 million so‘mni tashkil etdi17. Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatning bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir: - oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash; - mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish; - yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish; - mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan engil va oziq-ovqat qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish; - xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish; - ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish. Mazkur chora-tadbirlarning amalga oshirilishi xalqimizning farovon turmushini ta’minlash manbai bo‘lgan ish bilan bandlik darajasining yanada oshishiga, aholining ijtimoiy muhofazasining kuchayishiga yanada keng yo‘l ochib beradi. Download 151.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling