Bandlikni davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy mexanizmini takomilllashtirish holatining tahlili
Download 104.35 Kb.
|
BANDLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLLASHTIRISH HOLATINING TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`lumot mazmuni Taqdim etish muddati Taqdim etish shakli
- Har bir yoshga bir gektar
1.3.1-jadval
Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi
Manba: Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish Tartibi. Mamlakatimizda yaratilgan ish o`rinlarini hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlar statistika qo`mitasi hamkorligida ish o`rinlari sonini yuritish bo`yicha tartib ishlab chiqilgan bo`lib, u orqali mamlakatimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilgan ish o`rinlari hisobi ham to`liq yuritilishi ta`minlanmoqda. 5. Mamlakatimiz aholisi soni ortib borishi bilan bir qatorda uning mehnat bandligini taʼminlash masalasi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining aynan ishsizlik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlari bu borada qator ijobiy natijalar bermoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni ish oʻrinlari bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan ishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtish maqsadga muvofiq. Xususan, ushbu yoʻnalishda yurtboshimiz topshirigʻiga asosan Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida joylarda sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hamkorligida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyiha doirasida 2020-yilning 1-choragi natijalariga koʻra, respublika boʻylab jami 25 mingdan ziyod gektar yer maydonlari yoshlarga ajratildi. Jumladan, 1 277 ga. sabzavot, 1 787 ga. poliz, 10 296 ga. dukkakli ekinlar, 7 727 ga. boshoqli don ekinlari va 391 ga. kartoshka ekish uchun, 3 866 ga. esa bogʻ yaratish uchun ajratib berildi. Yoshlarga biriktirib qoʻyilgan kooperatsiya va klaster yordamida yerlar shudgor qilingan holda jami 4 mingga yaqin gektar maydonga sabzavot, poliz, dukkakli ekinlar, boshoqli don ekinlari va kartoshka urugʻlari qadaldi, 335 ming tup mevali va 135 ming tup manzarali daraxtlar ekildi. Misol uchun, bugungi kunda Xorazm viloyatida 39 mingga yaqin ishsiz yoshlar bor. Manzilli rejaga koʻra yil oxirigacha ularning 29 ming nafari, yaʼni 74,5 foizining bandligi taʼminlanishi nazarda tutilgan. “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi asosida ajratib berilayotgan yerlar ularga imkoniyat eshiklarini ochdi desak, mubolagʻa emas. Yoki Andijon viloyatini olsak. Mazkur loyiha asosida 2 mingga yaqin yoshlarning har biriga oʻrtacha 21 sotixdan jami 400 gektar ekin yer maydoni ajratilib berildi. Hozirda joylarda issiqxonalar tashkil etilib, barcha yerlarga turli xil sabzavot ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilib, parvarish qilinmoqda. Yaqin kunlarda ekinlar hosilga kiradi. Navoiy viloyatida “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida yoshlar uchun 840 gektardan ziyod boʻsh yotgan yer maydonlari ajratib berildi. Ularni sugʻorish uchun 11 ta yangi quduq qazildi, yana 150 dan ziyod quduq boʻyicha qazish ishlar olib borilmoqda. 20 kilometrga yaqin ariqlar qazildi. Bugunga qadar oʻzlashtirilgan 400 ga. yaqin hududga urugʻ va nihollar ekildi. Jumladan, 12 gektarga — sabzavot, 78 ga — poliz, 113 ga – dukkakli va kartoshka urugʻlari qadaldi, 119 gektarga esa mevali va manzarali daraxtlar ekildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi doirasida eʼtirofga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, loyiha boʻyicha qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan “Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” MCHJ tashkil qilinib, ushbu korxonaning ustav fondi 75 ta avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi texnikalari va mexanizmlari hisobiga shakllantirildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tegishli qarori bilan, “Moʻynoq kelajagi bunyodkorlari” MCHJga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda boʻsh turgan yer uchastkalari va zaxira yerlar hisobidan Moʻynoq — 5 000 ga., Qoʻngʻirot 3 000 ga. va Taxtakoʻpir 2 002 ga. tumanlaridan, jami 10 002 ga. yer maydonlari ekinlar ekish uchun ajratib berildi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasining qolgan tumanlarida ham yoshlarga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun qariyb 7,8 ming gektar yerlar ajratilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida qariyb 1,8 ming nafar yoshning bandligini taʼminlanadi. Oʻz oʻrnida shuni ham aytib oʻtish kerakki, respublika boʻylab tijorat banklari tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, jami 5719 ta loyiha uchun 247,6 mlrd soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Har bir loyihaga oʻrtacha 43,3 mln soʻmdan toʻgʻri keladi. Albatta, yuqoridagi kabi saʼy-harakatlar zamirida hukumatimiz tomonidan har qanday vaziyatda ham yoshlar bandligini taʼminlash va shu bilan yurtdoshlarimiz turmush tarzini va farovonligini yana-da oshirish singari maqsadlar yotibdi. Bugungi sinovli kunlarda ham Prezident Xalq qabulxonalari boshchiligida bu borada amaliy ishlar tizimli ravishda davom etyapti. Bu esa istiqbolda xalqimiz osuda hayotga qaytganidan soʻng iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash, eksport salohiyatini oshirish singari dolzarb masalalar ham hal etilishi koʻzda tutilayotganidan darak beradi. Download 104.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling