Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi shart-sharoitlarini yoritish;
Yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni ochib berish;
Yangi ish o`rinlari tashkil etishni hisobga olish usullarini yoritish;
Andijon viloyatida aholining ish bilan bandligi holatini tahlil qilish;
Viloyatda yangi ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyojning shakllanishi holatini o`rganish;
Andijon viloyatida yangi ish joylarning tashkil etishi holatini yoritish;
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`nalishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rib chiqish;
Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda yangi ish joylarini tashkil etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Mavzu bo`yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va yangi ish joylarini tashkil etish muammolari dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb masalalardan bo`lganligi sababli, ushbu mavzu bo`yicha ko`plab ilmiy Kurs ishi lar, izlanishlar, tajriba loyihalari amalga oshirilgan va ilmiy nashrlar qilingan. Yangi ish joylarini taraqqiyotidagi o`rni va roli klassik iqtisodchi-olimlar Ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbga o`qitishning yangi tizimini shakllantirish muammolari bir qator mamlakatimiz va xorijiy Kurs ishi chilar tomonidan o`ganilmoqda. Aholining ish bilan bandligini ta`minlash va ishsizlikni kamaytirish masalalari N.Volgin2, V.Bulanov3, B.Genkin4, A.Smit5, kabi olimlar tomonidan o`rganilgan.
O`zbekiston Respublikasida ushbu yo`nalishdagi nazariy asoslarni o`rganish va yechimlarini aniqlash bo`yicha tadqiqotlar olib borishgan yetakchi olimlar qatoriga Q.H.Abdurahmonov6, N.Q.Zokirova7, D.N. Rahimova8, B.X.Umurzakov9, Sh.R.Xolmo`minov10 larni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |